I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
4-matnli topshiriq.
Turon yo‘lbarsi endi yo‘qmi? Ko‘pchilik ilgari bizning yurtimizda yo‘lbars, gepard, qoplon kabi yirtqich hayvonlar yashaganini bilmasa kerak. Afsuski, hozirda bu hayvonlarning aksari qirilib ketgan. Faqat o‘n dona qoplon odamlar ko‘zidan pana joylarda yashab yurishibdi. Olimlarning aytishicha, yaqin kelajakda shu 10 dona qoplon ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin ekan! Yurtimiz yirtqichlarining eng yirigi Turon yo‘lbarsi bo‘lgan. O‘tmishda bu yirtqich Amudaryo va Sirdaryo yoqalarida Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz va jayronlarni ovlab kun kechirgan. Turon yo‘lbarsi asosan tunda ovga chiqqan. Kunduzi esa qalin to‘qayzor va qamishzorlar orasida yashirinib yotgan. Bu yirtqich panjasining bir zarbi bilan otni o‘ldirar, besh metr masofaga sakray olar va daryo suvida yaxshi suzardi. Och qolgan yo‘lbars bemalol ikkita qo‘yni yeb qo‘yishi mumkin edi. Turon yo‘lbarsining eng katta dushmani odamlar bo‘lgan. Ovchilar yo‘lbarsning qimmatbaho mo‘ynasi uchun ovlashgan. Bundan yuz yil oldin yurtimizdagi yo‘lbarslarning miqdori keskin kamaya boshlagan. 1957-yilga kelib Turon yo‘lbarsini ovlash taqiqlanadi. Lekin endi kech bo‘lgandi. Bu vaqtga kelib yo‘lbarslar deyarli qolmagan edi. Yurtimiz tabiatidagi oxirgi Turon yo‘lbarsi 1972-yili Qoraqalpog‘istonning Kegayli tumanida uchragan. Afsuski, odamlar bu yo‘lbarsning ham iziga tushib uni tutib olishgan. Hozirda bu so‘nggi yo‘lbars mumlangan shaklda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanmoqda. Bilasizmi, hozirgacha ayrim cho‘ponlar va ovchilar to‘qayzorlar yaqinida ulkan yo‘lbarsni ko‘rganliklari haqida xabar berishadi. Ammo bu xabarlarning birortasi tasdiqlangani yo‘q. Olimlar tomonidan Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘q bo‘lib ketgan yirtqich sifatida tan olingan. Quyidagi savollarga matn asosida javob bering. 1. Yurtimizda qaysi yirtqich hayvon bugungi kungacha saqlanib qolgan? a) gepard b) yo‘lbars d) qoplon e) sher 2. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Turon yo‘lbarsi kechalari qalin to‘qayzor va qamishzorlarda yashirinib yotadi va kunduzi ovga chiqadi. a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri Turon yo‘lbarsi asosan qimmatbaho mo‘ynasi uchun ov qilingan. a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri 3. Berilgan ma’lumotlar va unga aloqador tushunchalarni o‘zaro moslashtiring.
4. So‘nggi Turon yo‘lbarsi bugungi kunda qayerda va qay holatda saqlanmoqda? Javob:_______________________________________________________________________________________________________________ 5. Ushbu hayvonlarning qirilib ketishiga eng katta sabab nima deb o‘ylaysiz? Javobingizni qisqa va lo‘nda ifodalang. Javob:___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Umuman, yuqorida keltirilgan uslub, mazmundagi topshiriqlar orqali 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunishii rivojlantirish maqsadga muvofiq. Negaki, o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda turli nutq uslubidagi, mazmundagi va shaklda matnlardan foydalniladi. Biroq matn qiyinligi va mzmuni o‘quvchining yoshiga va psixolfizologix xususiyatlari mos bo‘lishi kerak. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling