I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi


Download 0.66 Mb.
bet2/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanish negizi bevosita ta’lim tizimiga borib taqaladi. Bugungi kunda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan pedagogik va metodik tushunchalar, innovatsion texnologiyalar, yangidan-yangi uslubiy qo‘llanmalar ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Xususan, ona tili ta’limida olib borilayotgan islohotlar o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, nutqiy ko‘nikmalarni egallash qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunda oldimizda turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Matnni o‘qib tushunish o‘quvchilarning kelajakdagi bilim va salohiyatini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ham ushbu ko‘nikma xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS) tomonidan tegishli shaklda sinovlar o‘tkazadi va baholaydi.
Hozirda oldimizda turgan dolzarb muammolardan biri bu “o‘qish” va “o‘qib tushunish” tushunchalarini o‘zaro bir-biridan farqlagan holda o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan shaxsni kamol toptirishdir. O‘qish savodxonligi bu – faqatgina harflarni tanib o‘qiy olish qobiliyati emas, balki matnni o‘qib tushunish orqali boshqa fanlarni integratsiya qila olish hamda o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglay olish qobiliyati hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili ta’limida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar, metodik qo‘llanmalar va topshiriqlar metodikasini ishlab chiqish bugungi kunning muhim masalasi sanaladi.
2017-yil qabul qilingan DTSda ona tili fanini o‘qitishdan maqsad quyidagicha keltirilgan: “O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat”.1 Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mustaqil va ijodiy fikrlay olishni rivojlantirishda aynan o‘qish savodxonligi qay darajada shakllanganligi juda muhimdir. Ammo bugungi kunda o‘qish savodxonligi, ya’ni matnni o‘qib tushunish jarayoni faqatgina matnni o‘qiy olish, uni qayta so‘zlab berish kabi bosqichlar bilan cheklanib qolmoqda.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling