I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
-mashq. Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar rivojining ketma-ketligini raqamlar bilan belgilang
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
- Bu sahifa navigatsiya:
- 161-mashq. Test. Ushbu masaldan ko‘zlangan maqsad noto‘g‘ri izohlangan javobni toping.
160-mashq. Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar rivojining ketma-ketligini raqamlar bilan belgilang.
1. Xasis odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltinga almash tirishga qaror qildi. 2. Bir odam xasisning oltinini o‘g‘irlab ketdi. 3. Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi. 4. Qo‘shnisi xasisga quyma oltinning o‘rniga tosh tashlashni maslahat berdi. 161-mashq. Test. Ushbu masaldan ko‘zlangan maqsad noto‘g‘ri izohlangan javobni toping. A. Qimmatbaho narsalarni o‘g‘irlanadigan joyda saqlama. B. Oltining bo‘lsa, albatta, bir kuningga yaraydi. C. Bor narsangdan foydalanmasliging unga ega emasli ging bilan barobar. D. To‘g‘rilab bo‘lmaydigan narsa uchun qayg‘urma. Bu mashqlarda o‘quvchida quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan: 1) matnning yoki uning qismlarining umumiy ma’nosini tushunish; 2) matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash; 3) matnni mazmuniy bloklarga ajratish; 4) matn g‘oyasini anglash; 5) matn mazmunini tushunish va talqin qila olish. Aytish joizki, ushbu metodda tuzilgan test topshiriqlari matnni yuqori darajada tushunishni ta’minlaydi hamda o‘quvchilarda matn bloklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni fahmlash, haqiqiy mazmunni anglash, nutqiy vaziyatlarni idrok etish, matnni tahlil qilish, izlash va aniqlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ikkinchi mashqda esa bitta to‘g‘ri javobga ega muqobil javobli test topshirig‘idan foydalanilgan. Bu topshiriq orqali matnning bosh g‘oyasini tushunganligi, uni talqin qila olishi hamda umumiy xulosa chiqara olishi tekshirilgan. Darslikda asosan badiiy hamda publitsistik uslubdagi matnlardan foydalanilgan, ammo aksariyati shunchaki qisqa javobni talab qiladigan test topshiriqlari bilan kifoyalangan. Misol uchun “O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” mavzuli matn o‘quvchi uchun juda qiziq, ammo bu matn orqali o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini shakllantirishda yetarlicha usul va topshiriqlardan foydalanilmagan. Munosabat bildiring. 1. Mashhur tabib bobomiz Ibn Sino haqida nimalarni bilasiz? 2. Inson tanasida yurak faoliyatining o‘rni qanchalik deb o‘ylaysiz? 3. Siz qaysi sohada kashfiyot qilishni xohlar edingiz? Ushbu savollar ham matn mazmuni haqida emas, faqatgina o‘quvchini mustaqil fikrlarini bilishga qaratilgan. Buning ta’sirida esa matnning informativlik (ma’lumot bera olish) xususiyati o‘z ta’sirini yo‘qotgan. Matn mazmunidan kelib chiqib moslashtirishni talab qiladigan test topshiriqlari, chizmali test topshiriqlari, xatoni to‘g‘irlash test topshiriqlaridan foydalanilsa, o‘quvchining tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish samarali bo‘ladi va o‘rgangan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olish imkoniyati ortadi. Darslikdagi matn va topshiriqlarning berilishidan asosiy maqsad aslida o‘quvchilarda tushunish, munosabat bildirish va baholash hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishdir. O‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun kunlik metod sifatida turli test usullaridan foydalanilsa, muhim ko‘nikmalari ham shakllanib boradi. Bu kabi ilmiy matnlar orqali o‘quvchilarda kerakli ma’lumotlarni topa olish va ajrata olish, verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglay olish, yashirin ifodalangan ma’lumotlarni idrok eta olish, matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tatbiq qila olish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish lozim. Darslikda shunchaki qisqa javobni talab qiluvchi topshiriqlar bilan kifoyalangan ko‘plab matnlarga duch kelishimiz mumkin. Afsuski, rasmiy uslubdagi matnlar faqatgina grammatik bilimni rivojlantirish uchun xizmat qilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri, o‘quvchi nazariy bilimlarni ham o‘rganishi kerak, ammo u nimani o‘qiyotganini bilmasa, bu bilim samara bermaydi. 52-darsda Konstitutsiya, Parlament, Ijro hokimiyati, Sud hokimiyati, Prezident sarlavhalari ostida qisqa-qisqa jumlalardan iborat matn berilgan. Ammo o‘quvchi bu matnni tushunganligini tekshirish uchun birorta ham test topshirig‘i berilmagan. 5-sinf o‘quvchilarining psixologiyasidan kelib chiqib, rasmiy uslubdagi matnni ham ular uchun qiziq bir matnga aylantirishda yangi usuldagi topshiriq turlaridan foydalanilsa, bu matn o‘zining informativligini yo‘qotmaydi. Aslida 5-sinf o‘quvchilari uchun rasmiy matn biroz qiyinlik qilishi mumkin, ammo ularning tafakkuri aynan shu yoshlarida rivojlana boshlaydi va yangi bilimlarni tez o‘zlashtira oladi. Shuning uchun ham sodda test topshiriqlaridan foydalangan holda rasmiy matnlar berilishi maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, darslikda faqatgina ochiq testlardan foydalanish barcha uslublarga ham mos kelavermaydi. Misol uchun, o‘quvchi Konstitutsiyaning asl mohiyatini tushunib yetmasdan, Parlament, Sud hokimiyati, Ijro hokimiyati kabi boshqarmalarning vazifasini anglamasdan matnga munosabat bildira olmaydi. Darslikda shunday savol keltirilgan: Konstitutsiyaning Bosh qonun deyilishiga sabab nima? O‘quvchi rasmiy matnni faqat grammatik topshiriq bajarish uchun o‘qir ekan, bu savolning mohiyatini anglab yetishi mushkul bo‘ladi. O‘quvchilarning rasmiy matnni o‘qib tushunishini rivojlantirish uchun test topshiriqlari samara bermasa, o‘qituvchi yangi usul va metodlarni yaratishi lozim. Shu orqali o‘quvchida munosabat bildirish va foydalanish ko‘nikmalari shakllanib boradi. Rasmiy matnlarning darslikka kiritilishidan bosh maqsad o‘quvchiga grammatik bilim berish bilan bir qatorda yangi ma’lumot o‘rgatish hamdir. Shuning uchun aynan 5-sinf darsligida bunga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Badiiy uslubdagi matnlar darslik uchun juda chiroyli tanlangan va o‘quvchiga mos ravishda rasmlar bilan bezatilgan. Darslikning aksariyati badiiy uslubdan iborat bo‘lib, o‘quvchi uchun o‘rnak bo‘ladigan rivoyatlar, hikoyalar, mashhur siymolar hayotidan parchalar keltirilgan. Badiiy matn 5-sinf o‘quvchisida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun eng samarali usuldir. Darslikni ko‘rib chiqar ekanmiz, badiiy uslubdagi matn uchun bir xillikdan chekinilganligining hamda turli xil topshiriqlardan foydalanilganligining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, matn mazmunidan kelib chiqib maqol va hikmatli gaplar aytish yoki ularni sharhlash, tahlil qilish, matnga mos sarlavha tanlash, matnda qo‘llangan leksik birliklarning ma’nosini tushunish, obrazlarga tavsif berish kabi konstruktlarga ko‘proq e’tibor qaratilgan va shundan kelib chiqib topshiriqlari tuzilgan. Aynan mana shu usuldagi matnlar 11-12 yoshli o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda katta samara beradi. O‘quvchi o‘z tasavvur olamidan kelib chiqib munosabat bildiradi, ijodiy fikrlashga urinadi, o‘rgangan bilimlarini o‘z faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantiradi. Darslikdagi “Munosabat bildiring” turkumi ostida berilgan topshiriqlarni bevosita badiiy uslubdagi matnlar bilan bog‘lash va shu bilan bog‘liq turli xil topshiriq usullaridan foydalanish lozim. Darslikda berilgan matnlarning deyarli barchasi bir xil shaklda berilgan bo‘lib, yaxlit holda o‘quvchiga taqdim etilgan. Agar darslikka kundalik vaziyatlarda uchrovchi chizma, diagramma, xarita ko‘rinishidagi matnlardan qo‘shilsa, o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasi yetarlicha shakllanib boradi va bu ko‘nikma o‘quvchilarning yuqori sinfda oladigan bilimlari uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi. Umuman olganda, ona tili darslarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi topshiriqlarni ko‘paytirish o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish uchun eng samarali yo‘l desak xato bo‘lmaydi. O‘quvchi tafakkurini o‘stirish, ijodiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, faqatgina nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish, aqliy salohiyatni rivojlantirish, o‘rgangan bilimlarini muammoli vaziyatda qo‘llay olishni o‘rgatish, diqqat va xotirani mustahkamlash, berilgan axborotlarni to‘laqonli anglab yetishi uchun aynan o‘smirlik yoshiga ilk qadam qo‘yiladigan ushbu yoshida darsliklar o‘ta sinchikovlik va ehtiyotkorlik bilan yaratilmog‘i darkor. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling