I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan test topshirig‘i


Download 0.66 Mb.
bet14/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

Bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan test topshirig‘i. Ushbu test turi ham yopiq testlar qatoriga kiradi. Bunda savol va bir nechta javob varianti taqdim etiladi. O‘quvchi to‘g‘ri javobni bir nechta noto‘g‘ri variantlar orasidan topishi kerak bo‘ladi. Ushbu test turi bugungi kundagi eng keng tarqalgan usul bo‘lib, choraklik va yillik imtihonlarda qo‘llaniladi. O‘qib tushunish ko‘nikmasini ushbu turdagi test topshirig‘i yordamida rivojlantirish yaxshi samara beradi desak xato bo‘lmaydi. Chunki bu usulda o‘quvchi berilgan matndagi kerakli ma’lumotni bir nechta xato javob orasidan qidirib topadi. Matndagi so‘z, jumla, xatboshi va matn darajasidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri tushunib yetgan o‘quvchigina noto‘g‘ri javobni fahmlay oladi. Bu usul orqali leksik birliklarning kontekstual ma’nosini tushunish, so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay olish, matndagi asosiy mazmunni anglash, bog‘liqliklarni fahmlash, munosabat bildirish kabi ko‘nikmalar rivojlantiriladi.
Matndagi “no‘xatdekkina miya” birikmasidagi “no‘xatdekkina” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) dumaloq
b) kichkina
d) yassi
e) katta
Mazkur test topshirig‘ida o‘quvchining matnda ishlatilgan leksik birlikni kontekstual ma’nosini tushungan yoki tushunmaganligi tekshirilyapti. Bundan tashqari matndagi ibora, maqol, hikmatli so‘zlar ma’nosini, ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni, xatboshilar yoki butun bir matnning umumiy ma’nosini idrok qilishni rivojlantiruvchi topshiriqlar ham aynan shu usulda tuzilsa, yaxshi samara beradi. Sh.Abdurahim o‘z monografiyasida ushbu usuldagi test topshiriqlariga quyidagicha ta’rif beradi: “…bunday metodikadagi testlardan o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda foydalanish sermahsul bo‘lib, o‘quvchida bog‘liqliklarni fahmlash, haqiqiy mazmunni anglash, nutqiy vaziyatlarni idrok etish, voqelikka munosabat bildirish, o‘quvchining avvaldan mavjud bilimi hamda matndan olingan ma’lumotning ma’lum darajada integratsiyalash, matn bilan ishlayotganda o‘zlarining shaxsiy fikrlari va tajribalaridan foydalana olish kabi ko‘nikmalarini shakllantiradi”.13

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling