Bir nechta to‘g‘ri javobga ega javobli test topshirig‘i. Ushbu test turi ham yopiq testlar qatoriga kirib, unda savolning bir nechta to‘g‘ri javobi keltiriladi. Bunda o‘quvchi bir nechta noto‘g‘ri javoblar ichidan bir nechta to‘g‘ri javoblarni ajratib olishi kerak bo‘ladi.
Kamqonlik kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlang.
ESLATMA. Bir nechta to‘g‘ri javob bo‘lishi mumkin.
a) to‘g‘ri ovqatlanmaslik
b) shakar iste’mol qilish
d) nimjonlik va dangasalik
e) ko‘p qon yo‘qotish
Mazkur test topshirig‘i o‘quvchilarda mazmuniy bog‘liqlikni tushunish va tahlil qilish, kerakli ma’lumotlarni ajrata olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur testdan tajriba-sinovda birinchi marta foydalanganimizda, Dars davomida bunday test usulidan foydalanmaganlikdan dalolat beradi. Tajribalarimizdan xulosa qildikki, 5-sinf ona tili darsligida bunday usuldagi testlardan foydalanish o‘quvchilarda tahlil, sintez jarayonlarini shakllantiradi va haqiqiy mazmun-mohiyatni fahmlash rivojlanadi.
Moslashtirishni talab qiladigan test topshirig‘i. Bu usulda testlar yopiq va ochiq tarzda berilishi mumkin. Bunda matnda berilgan tushuncha va hukumlar o‘zaro moslashtiriladi. Bu usuldagi test turlari o‘quvchilarda yuqori kognitiv darajalarni shakllantirish imkonini beradi. Aynan mana shu usul 5-sinf o‘quvchilarida ko‘proq shakllantirilishi kerak. Chunki moslashtirish testlari orqali o‘qigan narsani ilg‘ab olish ko‘nikmasi rivojlantiriladi. Tajribalarimizda ochiq ifodalangan ma’lumotlarni moslashtirishni mana shu usuldagi topshiriqlar bilan berganimizda, o‘quvchilarning 90% i to‘g‘ri topdi. Ammo ba’zilari matndan qidirib, topishidan qat’iy nazar belgilashda xatoliklarga yo‘l qo‘ydi.
1. Berilgan ma’lumotlar va unga aloqador tushunchalarni o‘zaro moslashtiring.
Ma’lumotlar
|
Tushunchalar
|
1. O‘ziga yemish berib yurgan odamning ovozini 5 yildan keyin ham eslay oladigan baliq ___________
2. Miya faoliyati insonning miyasidan ham ustun turadigan baliq __________
3. O‘ziga ozuqa berilgan idishni 1 yildan keyin ham taniydigan baliq ________
|
A. Uzun burunli fil baliq
B. Tillarang tobon baliq
D. Kanal laqqachasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |