I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Quyidagi hukmni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang


Download 0.66 Mb.
bet11/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

Quyidagi hukmni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
Baliqlarning miyasi tanasidan ham og‘ir bo‘ladi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri
Mazkur topshiriqni tushunish uchun o‘quvchi berilgan matndagi yashirin ma’lumotlardan kelib chiqib javob berishi kerak edi. Matnda yashirin ifodalanishiga qaramay, 90% o‘quvchi bu savolga to‘g‘ri javob bergan. Yuqoridagi topshirig‘imizda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga to‘g‘ri javob bera olmagan, ammo yashirin ma’lumotlarni idrok qilib, to‘g‘ri javob bergan. Buning yana bir sababi o‘quvchi faqatgina bir xil topshiriqlar metodikasiga o‘rganib qolganligi va ko‘nikma rivojlanmaganligida deb hisoblaymiz. Ta’kidlab o‘tganimizdek, matnni tushunsa, tahlil qilsa-yu, o‘rgangan bilimlarini qo‘llay olmasa, o‘quvchida kognitiv jarayonlar yetarlicha rivojlantirilmayotganidan dalolatdir.
O‘quvchilarda o‘qib tushunishning eng yuqori darajasi bu anglash bosqichi hisoblanadi. “Negaki, bu bosqichda inson psixikasida qisqa vaqt ichida matnni qabul qilish bilan bog‘liq bir qancha tabiiy jarayonlar kechadi, shuningdek, o‘quvchining hayotiy tajribasi, yashash muhiti, emotsiyalarini boshqara olishi, matndan olingan axborotlardan foydalana olishi, hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi bilan bog‘liq metakognitiv jarayon yuz beradi.”12 Quyida xuddi shunday topshiriqlardan birini tahlil qilamiz.
Kamqonlik kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlang.
ESLATMA. Bir nechta to‘g‘ri javob bo‘lishi mumkin.
a) to‘g‘ri ovqatlanmaslik
b) shakar iste’mol qilish
d) nimjonlik va dangasalik
e) ko‘p qon yo‘qotish
Ushbu topshiriqqa javob berish uchun o‘quvchi matnning umumiy mazmunini bilishi, idrok qilishi kerak. Test javobining bir nechtaligi o‘quvchini chalg‘itgan, ammo aksariyati matndan kelib chiqib to‘g‘ri javoblarni topgan. O‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda birinchi o‘rinda matnning to‘g‘ri tanlanganligi hisobga olinsa, ikkinchi navbatda test topshiriqlar metodikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir nechta to‘g‘ri javobni topgunga qadar o‘quvchi matn bilan qayta-qayta tanishadi va mazmunini idrok qilish uchun bor e’tiborini qaratadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling