I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
Ikkinchi bob yuzasidan qisqa xulosalar
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-SINF O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI 3.1-§ .Tajriba-sinov ishlari mazmuni
Ikkinchi bob yuzasidan qisqa xulosalar
1. O‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonini, avvalambor, ma’lum mezonlar asosida tartiblashtirish lozim. Shundan keyingina metodik qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish mumkin. 2. 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish tushunish, munosabat bildirish va baholash hamda foydalanish tartibida amalga oshirilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3. O‘quvchining bilimini rivojlantirish bevosita topshiriq turlariga bog‘liq. Negaki 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish faqat mashqlar bilan emas, turli uslubdagi test topshiriqlari yordamida amalga oshirilishi samarali hsoblanadi. 5-SINF O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI 3.1-§.Tajriba-sinov ishlari mazmuni Umumiy o‘rta ta’limda ona tili fanining o‘qitilishidan asosiy maqsad o‘quvchini mustaqil va ijodiy fikrlashga undash, fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qila olishga o‘rgatish hamda o‘rgangan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdir. Ona tili darslarida o‘quvchi berilgan axborotni tushunishi, saralashi va qo‘llay olishi, har bir voqelikni ongli shaxs sifatida mustaqil hal qila olishi lozim. O‘quvchilarga faqatgina grammatik bilim beribgina qolmay, ulardagi voqelikni idrok qilish, verbal, noverbal, vizual axborotlarni fahmlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. Jumladan, o‘qib tushunish, tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda eng muhim masalalardan biri. Shuning uchun ham darsliklar yangilanishida shuni guvohi bo‘lamizki, aksariyat topshiriqlar nutqiy kompetensiyalardan o‘qib tushunish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. 2020-yil nashrdan chiqqan 5-sinf darsligi ham oldingi nashrlardan ancha farq qiladi. Unda grammatik bilim bilan bir qatorda nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi topshiriqlar ham joy olgan. Ammo berilgan matn va topshiriqlar metodikasi yetarlicha ishlab chiqilmagan. Demak, tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik tizimi va metodikasini ishlab chiqish hamda yangicha yondashuvlarni joriy etish lozim. “Tajriba-sinov – ilmiy tadqiqotning eng sermahsul usuli, u o‘rganishlar natijasida tug‘ilgan g‘oya, taqdim etilgan tavsiya va ishlab chiqilgan o‘quv topshiriqlarining samaradorlik darajasini aniqlab beradi.”16 Biz o‘tkazgan tajriba-sinovning asosiy maqsadi ham 5-sinf o‘quvchilarida ona tili fanining nutqiy ko‘nikmalardan biri bo‘lgan o‘qib tushunishni rivojlantiruvchi topshiriqlar metodikasini ishlab chiqish, shu orqali o‘quvchilarda matnni to‘g‘ri tushunish, mazmunni anglab yetish, o‘rgangan bilimini hayotda qo‘llay olish, oldingi bilimlari bilan integratsiya qila olish hamda “sabab-oqibat-yechim” qonuniyatini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish usullarini o‘rganish va mazkur yo‘nalishga yangicha uslublarni joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tajribamiz davomida 11-12 yoshdagi 5-sinf o‘quvchilarining matnni tushunish darajasi va o‘zlashtirish darajasi aniqlandi, o‘qib tushunish darajasini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan talablar sinovdan o‘tkazildi. Umumta’lim maktablari ona tili ta’limida 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish darajasining bugungi holatini aniqlash maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tanlab olindi. Tajriba-sinov ishlari 2021/2022-o‘quv yili 4-choragida o‘tkazildi. Avvalo, tajriba-sinov o‘tkazilayotgan 5-“A” sinf o‘quvchilariga o‘qib tushunish ko‘nikmasi bilan bog‘liq tushunchalar berildi. Og‘zaki savol-javob o‘tkazilganda o‘quvchilarning aksariyati “o‘qib tushunish” ko‘nikmasini “o‘qish” deb tushunishi aniqlandi. Bu esa o‘qib tushunish ko‘nikmasi garchi DTS va o‘quv dasturda keltirilgan bo‘lsa ham, o‘quvchilarda tassavur yetarli emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish va topshiriqlar metodikasini ishlab chiqish, yangicha usullarni yaratishga ona tili ta’limida ehtiyoj bor degan fikrga keldik. IV chorakning boshlarida ilk tajriba-sinovimizni amalga oshirdik. Bunda 5-“A” sinfning 27 ta o‘quvchisi ishtirok etdi. Dastlab o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasi haqida tushuncha bo‘lmagan holatda sinov o‘tkazdik. Bu jarayonda o‘quvchilarga 2 ta matn asosida tuzilgan 10 ta topshiriq berildi. Bu topshiriqlar “2”, “3”, “4”, “5” baholi tizimda baholandi. Jami 27 ta o‘quvchidan 2 tasi “5” lik, 13 tasi “4”lik, 10 tasi “3” lik, 2 tasi “2” lik javob berganini guvohi bo‘lindi. Shundan so‘ng turli xil matnlar asosida matnni o‘qib tushunishda e’tibor qilinadigan ko‘nikmalar yuzasidan o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi, o‘qib tushunishni rivojlantiruvchi darslar tashkil etildi. Uslubiy materiallar, topshiriqlar to‘plami bilan ta’minlandi. 5-sinf o‘quvchilarida asosan publitsistik, ilmiy va badiiy uslubdagi matnlar asosida tuzilgan topshiriqlar yordamida o‘qib tushunishni rivojlantirishga e’tibor qaratildi va shu bo‘yicha darslar o‘tildi. Quyida shunday topshiriqlardan ayrimlarini keltiramiz. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling