I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


- va 2-diagrammalarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgan?


Download 0.66 Mb.
bet22/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

1- va 2-diagrammalarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgan?

II. Ilmiy matnni o‘qib tushunishni rivojlantirish darslari . Mazkur darslarda 5-sinf o‘quvchilari ilmiy uslubga oid matnlarni, ma’lumotlarni o‘qib tushunish ko‘nikmasi shakllantirilib borildi. Bunda asosan ilmiy matnda ifodalangan aniq matnni topa olish va tushunish, ochiq ma’lumotlarni tahlil qilish, tushunchalar mohiyatini anglash, oldingi olingan bilimlari bilan integratsiya qilish va olgan bilimlarini qo‘llay olish ko‘nikmalari rivojlantirildi. Jumladan, dars jarayonida quyidagiga o‘xshash test topshiriqlaridan foydalanildi:

  • Organizmdagi temir moddasining necha foizi qon tomirlarida uchraydi?

  • Matnga ko‘ra anemiya kasalligining oldini olish uchun qaysi maxsulotlarni iste’mol qilish zarur?

  • Matnning bosh g‘oyasidan kelib chiqib, bir-biriga to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarni moslashtiring.

III. Badiiy matnni o‘qib tushunishni rivojlantirish darslari. Mazkur darslarda 5-sinf o‘quvchilarining badiiy matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi rivojlantirildi. Bunda asosan matndagi ko‘chma ma’noli so‘zlarning ma’nosini anglash, matn qismlarining ketma-ketligini idrok qilish, yashirin ma’lumotlarni tushunish, badiiy asardagi obrazlarga tavsif berish, matn g‘oyasini idrok etish, matnga sarlavha qo‘yish, matnga shaxsiy munosabat bildira olish va baholash ko‘nikmalari shakllantirildi va rivojlantirib borildi. Bu ko‘nikmalar matn asosida quyida keltirilgan topshiriqlarga o‘xshash test topshiriqlari asosida qayta-qayta o‘tilgan dars mashg‘ulotlarida rivojlantirildi.

  • Matndagi “no‘xatdekkina miya” birikmasidagi “no‘xatdekkina” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

  • Matn mazmunidan kelib chiqib unga mos sarlavha qo‘ying.

  • Ushbu matn orqali insondagi qaysi illatlar qoralanmoqda?

Umuman olganda, mazkur rivojlantiruvchi darslar orqali o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasi, axborotni to‘g‘ri o‘zlashtirish va olgan bilimini qo‘llay olish bilan bog‘liq ko‘nikmalar shakllanib bordi. Sinov jarayonida foydalanilgan yangi usullar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirdi, ona tili faqat grammatikadan iborat emasligini tushunib yetishdi va olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganishdi. Bu kabi topshiriqlar orqali o‘quvchi mustaqil fikrlashga, tafakkur yuritishga va e’tiborli bo‘lishga yo‘naltirildi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling