I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.66 Mb.
bet9/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

1) tushunish;
2) munosabat bildirish va baholash;
3) foydalanish.
Tushunish ­bu – verbal va vizual birliklar yordamida borliqdagi hodisalarni idrok qilish, talqin qilish jarayonidir. O‘quvchi matnda berilgan so‘z va jumlalarning ma’no-mazmunini anglab yetadi va asl mohiyatini idrok etadi. Tushunish ijodiy jarayon bo‘lib, unda o‘quvchi o‘z darajasidan kelib chiqib tafakkur qiladi. O‘quvchi birinchi navbatda so‘zni, keyin jumlani, xatboshini va oxirida matnni tushunib, talqin qiladi. Shundagina u matnga munosabat bildira oladi va mustaqil baholaydi. Foydalanishda esa o‘quvchi matndan o‘rgangan bilimlarini amalda tadbiq qila olishi hamda hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi lozim. O‘qib tushunish malakasini rivojlantirishda ana shu kognitiv jarayonlar asosida tartiblar belgilanib, ularga asos bo‘luvchi kognitiv ko‘nikmalar aniqlashitirilishi lozim. Biz tajriba-sinovlarimizga tayangan holda quyidagi ko‘nikmalarni 11-12 yoshli bolalar uchun ma’qul deb topdik:
Tushunishda:
- matnda ochiq ifodalangan ma’lumotni topa oladi va tushunadi;
- matnda (shu jumladan, diagramma, jadval kabi shakllarda ma’lumotlar keltirilgan matnlarda ham) ochiq keltirilgan ma’lumotlarni topa oladi;
- matnda ochiq aytilmagan asosiy g‘oyani tushunadi;
- matndagi notanish so‘zlarning ma’nosini kontekstdan kelib chiqib aniqlay oladi;
- matnning sarlavhasidan yoki kirish qismidan kelib chiqib matn nima haqida ekanligini fahmlay oladi;
- matnni mazmuniy bloklarga ajrata oladi;
- matn mazmuni va voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi;
- matndagi voqealar o‘rtasidagi sabab-oqibat, qiyoslash qonuniyatlarini idrok qila oladi;
- matn maqsadini idrok qila oladi.
Munosabat bildirish va baholashda:
- matnlarning turidan kelib chiqib ularning maqsadini aytib bera oladi;
- matndagi ma’lumotlarning to‘g‘ri va ishonchliligiga baho bera oladi;
- ma’lumotlarni birlashtirgan holda xulosa chiqara oladi;
- matndagi dalillardan kelib chiqib munosabat bildira oladi.
Foydalanishda:
- matn mazmunini mustaqil talqin qila oladi;
- matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tadbiq qila oladi.
Mazkur ko‘nikmalar 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish uchun e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan eng muhim ustunlardan biridir.
Tadqiqotimiz, o‘tkazgan tajriba-sinovlarimiz natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, matnni o‘qib tushunishda 5-sinf o‘quvchilari so‘zlarning kontekstdagi ma’nosini topishda hamda yashirin ifodalangan ma’lumotlarni topishda ancha xatolikka yo‘l qo‘ygan. Ochiq ifodalangan ma’lumotlarni qidirib topish hamda moslashtirish topshiriqlarini deyarli 90% o‘quvchi to‘g‘ri ishlagan. Umuman olganda, so‘z darajasidagi ma’lumotlarni tushunish juda oson va tez tahlil qilinadigan daraja hisoblanadi, ammo mazkur sinf o‘quvchilarida so‘z boyligining kamligi, ba’zi so‘zlarni nutqda umuman qo‘llamasligi sabab so‘zlarni kontekstual ma’nosini anglab yetmasligi kuzatildi. Xususan, matn asosida berilgan mana bu topshiriqni 50% o‘quvchi noto‘g‘ri ishlagan:

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling