I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.66 Mb.
bet4/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

Tadqiqot obyekti. 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. 5-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish vositalari va usullari.
Tadqiqot metodologik usul va metodlari. Mavzuga oid nazariy va metodik adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, darslarni kuzatish, sinov-tajriba ishlarini amalga oshirish, natijalarni tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- 5-sinf o‘quvchilari “o‘qish” va “o‘qib tushunish” tushunchalarini farqlamasligi aniqlangan;
- 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish tushunish, munosabat bildirish va baholash hamda foydalanish tartibida amalga oshirilish samarali ekanligi asoslangan;
- 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish faqat mashqlar bilan emas, turli uslubdagi test topshiriqlari yordamida amalga oshirilishi samarali ekanligi dalillangan;
- 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda matn tanlash asoslari ochib berilgan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Dessetatsiya kirish, III bob, xulosa, foydalanilgan adabiyot va ilovalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Ishning umumiy hajmi 68 sahifadan iborat.

I BOB. O‘QUVCHILARINING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHING NAZARIY ASOSLARI
1.1-§. 5-sinf ona tili darsligida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi topshiriqlarning mavjud holati
Ta’lim jarayonida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan eng muhim vositalardan biri bu – darslikdir. Zeroki, dastur asosida tuzilgan darslik ta’lim mazmunini aks ettiruvchi o‘quv materialini ham, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish usullarini ham, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi uchun zarur sanalgan tahlil (analiz), umumlashtirish (sintez) uchun materialni ham, o‘quv materialidagi tarqoq hodisalarni bir-biriga bog‘lovchi qonuniyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bir so‘z bilan aytganda, darslik – ta’lim oluvchi uchun ma’lum miqdordagi bilimlarni, ko‘nikma, malakalarni o‘ziga singdirish uchun tayanch manbaa hisoblanadi. Darslik – davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi, psixologik holati va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashridir. Maktablarda “Ona tili” darsligining o‘qitilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad aslida nima? Avvalo, o‘quvchini mustaqil va ijodiy fikrlashga undash, fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qila olishga o‘rgatish hamda o‘rgangan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olish malakasini shakllantirishdir. Shu o‘rinda “Amaldagi ona tili darsliklari bilan yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish mumkinmi, darsliklar o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda metodik vosita bo‘la oladimi?” – degan tabiiy savol tug‘iladi. Buni tahlil etish uchun amaldagi darsliklar va ular haqidagi munosabatlarni o‘rganib chiqamiz.
Ona tili darslarida shu kungacha faqatgina nazariy bilimlarni berish, so‘z boyligini oshirish, so‘zlarni bexato yozish, gap va matn tuza olish kabi ko‘nikmalar shakllantirilishiga va rivojlantirilishiga e’tibor qaratilgan, ammo o‘rgangan bilimlarini muammoli vaziyatda qo‘llay olish o‘quvchiga o‘rgatilmagan. Metodist olim A.G‘ulomov va H.Ne’matovlar maktab darsliklarida berilayotgan nazariy ma’lumotlarga quyidagicha fikr bildirishgan edi: “Haqiqatan ham, shu kungacha amalda qo‘llanib kelingan ona tili ta’limi mazmuni 50-yillarning o‘rtalarida shakllangan. U tilning grammatik qurilishi va ilmiy tushunchalarini o‘zlashtirishga qaratilib, o‘quvchi til hodiasalarini tahlil qilish, ularni quruq yodlash bilan band bo‘ladi. Ma’lumotlarning o‘ta ilmiylashuvi, amaliyotdan yiroq, murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirishning qiyinligi... o‘quvchilarni o‘qishdan bezdirdi, ...so‘z boyligini oshirish, nutqiy mahoratini shakllantirish, matn tuzishni o‘rganishdek foydali amaliy ishlar son-sanoqsiz grammatik talqinlar soyasida qolib ketdi”.2 Aslida ona tilini o‘qitishdan maqsad o‘quvchiga lingvistik bilim berishmi yo shu fan yordamida mustaqil tafakkurni rivojlantirishmi? Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishdan asosiy maqsad noto‘g‘ri tartiblangani uchun ham yillar davomida o‘quvchilar faqatgina grammatik bilim olib kelishdi va shu sababdan ham o‘rgangan nazariy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olmadi. Demakki, o‘quvchining psixologik va fiziologik holatini hisobga olgan holda topshiriq yaratish, o‘zgalar fikrini anglashi va o‘z fikrini har qanday shaklda ravon bayon eta olishi, ijodiy tafakkurni rivojlantirishi uchun darsliklarda turli kompetensiyalarni rivojlantiruvchi mashqlar bo‘lishi shart. O‘quvchiga amaliyotda kerak bo‘ladigan ba’zi fonetik, leksik hamda grammatik qoidalarnigina o‘rgatish orqali bu bilimlarni turli nutq sharoitlarida to‘g‘ri qo‘llay olishni o‘rgatishni, adabiy til me’yorlariga amalga qilishga undashni hamda ushbu ko‘nikmalarini turli topshiriq va mashqlar orqali rivojlantirishni o‘z ichiga olgan darslik yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirgi 5-sinf ona tili darslarida bugungi kunda kompetensiya turlari qay tartibda belgilangan? Ma’lumki, kompetensiyalar 2 turga bo‘linadi3:
1. Tayanch kompetensiyalar (kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish).
2. Fanga oid kompetensiyalar (nutqiy hamda lingvistik).
Amaldagi DTSda ona tili fanini o‘qitishning bosqichlari alohida tartibda berilgan bo‘lib, biz o‘rganayotgan 5-sinf o‘quvchilari A2 hamda A2+ darajalariga mos keladi. Ushbu darajada shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar tarkibida o‘qish ko‘nikmasi bilan bog‘liq quyidagi talablar keltirilgan:
A2
- tinglagan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi;
- so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi.
A2+
- ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna oladi;
- turli jangrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ro va ravon o‘qiy oladi.
2020-yil nashrdan chiqqan 5-sinf ona tili darsligi hozirgi zamonning talablaridan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, katta o‘zgarishlar kiritilgan. Aytish joizki, ushbu nashr oldingi yillarga nisbatan birmuncha farqli bo‘lib, unda nazariyadan biroz uzoqlashilgan va o‘quvchini ijodiy fikrlashga undovchi topshiriq hamda mashqlar bilan boyitilgan. Ammo o‘quvchini qiziqtirish va e’tiborini tortish uchun eng muhim bir omilga e’tibor qaratilmagan, ya’ni darslikdagi deyarli barcha matnlarga juda oddiy va sodda, ko‘p takrorlanuvchi sarlavhalar tanlangan yo bo‘lmasa umuman sarlavhasiz berib ketilgan. Jumladan, “Suv – hayot manbayi”, “Odamiylik”, “Tabiat va biz”, “Yo‘limizdagi to‘siqlar”, “Ona mehri”, “Alp Er To‘nga”, “Ko‘priklar”, “Toshkent”, “Qadimiy shaharlarimiz”, “Kitob – bilim manbayi”, “Abu Rayhon Beruniy” va hokozo. F.Sharopova ham o‘z monografiyasida 5-sinflarda olib borgan tadqiqotlaridan kelib chiqib sarlavhalar o‘quvchi yoshiga, qiziqishlariga mos tanlanganligi hamda o‘quvchida ajablanish hissini uyg‘otganligi uchun natijalar sezilarli darajada o‘zgarganligini, hatto topshiriqlar a’lo darajada bajarilganligini ta’kidlab o‘tgan. Demak, o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi eng muhim omil bu matnning to‘g‘ri tanlanganligi va yosh psixologiyasidan kelib chiqib o‘quvchida qiziqish uyg‘otadigan sarlavhaning tanlanganligi deb aytishimiz mumkin.
Darslikda o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi mashqlar deyarli uchramaydi. Unda matnga munosabat bildirish, matndagi asosiy g‘oyani tasniflash, matnga sarlavhalar tanlash, matnda berilgan maqola, ibora hamda ibratli so‘zlarni sharhlash va matndan kelib chiqqan holda yangi matn yaratish ko‘nikmalari bilan bog‘liq topshiriqlar berilgan. Jumladan, 5-sinflar uchun mo‘ljallangan “Ona tili” darsligining 44-darsda “Xasis va uning oltini” nomli matn berilgan va 2 ta mashq orqali matnni o‘qib tushunganligi, 1 ta mashq orqali esa grammatik bilimi tekshirilgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling