Olinish usullari.
1. Etilen laboratoriyada etil spirtini (konsentrlangan sulfat kislota bilan)
qizdirish bilan olinadi:
C2H5OH C2H4 + H2O
2. Etilen qatori uglevodorodlarni to‘yingan uglevodorodlarni degidrogenlash(
katalizator ishtirokida, yuqori temperaturada) bilan ham olinishi mumkin:
2CH4 C2H4 + 2H2
49
C2H6 C2H4 + H2
3. Etilen qatori uglevodorodlari to‘yingan uglevodorodlar digalogenli hosilalarining
metallar bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan olinishi mumkin:
CH2 CH CH3 + Zn CH2 CH
Br Br
CH3 + ZnBr2
4. Monogalogenli hosilalarga ishqorning spirtdagi eritmasi ta’sir ettirilganda
vodorod galogenid ajralib chiqadi va alken hosil bo‘ladi:
C3H7Cl + KOH(spirt) C3H6 + KCl + H2O
Mavzuga oid masala va uni yechimi.
1. Noma’lum spirtning degidratlanishidan 5,6 g alken va 3,6 g suv hosil
bo’lgan bo’lsa, alkenning formulasini aniqlang.
Masalaning yechimi:
Reaksiyaga e’tibor bersak
CnH2n+1OH CnH2n + H2O
Suv va alken teng mol nisbatda hosil bo‘ladi. Bundan kelib chiqqan holda
suvning molini topsak, alkenning molini ham topamiz.
n= 3,6
18 =0,2 mol suv bor.
Endi alkenning molekulyar massasini topamiz.
Mr= mn
= 5,6
0,2 =28
Umumiy formuladan kelib chiqqan holda tarkibini topamiz.
CnH2n formula, massada esa 14n ta uglerod
Javob: С2H4
50
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Formulasi (C4H8) bo‘lgan alkenning nechta izomeri bor? (sis-, transizomeriya
hisobga olinmasin).
2. Formulasi C5H10 bo‘lgan alkenning nechta izomeri bor?(sis-, transizomeriya
hisobga olinmasin).
3. Formulasi C6H10 bo‘lgan va asosiy zanjirda 6ta uglerod bo‘lgan alkenning
nechta izomeri bor? (sis-, trans- izomeriya hisobga olinmasin).
4.Quyida berilgan alkenlar orasidan geometrik izomeriyaga ega bo‘lganlarini
toping.
a) propen b)buten-1 c)buten-2 d)penten-3
5. Quyida berilgan alkenlar orasidan geometrik izomeriyaga ega bo‘lganlarini
toping.
a) penten-1 b)2-metilbuten-1 c)4-metilgeksen-2 d)2-metilpenten-3
6. Quyida berilgan alkenlar orasidan geometrik izomeriyaga ega bo‘lmaganlarini
toping.
a) buten-2 b)2-metilbuten-2 c)3-metilgepten-2 d)3-metilpenten-2
Do'stlaringiz bilan baham: |