I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet23/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
10-SINF

7. Degidrogenlanish yo‘li bilan propenning olinish jarayonida 33,6 l (n.sh)
vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, hosil bo‘lgan propenning massasini aniqlang.
8. Degidrogenlanish yo‘li bilan butenning olinish jarayonida 16,8 l (n.sh)
vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, hosil bo‘lgan butenning massasini aniqlang.
9. Noma’lum spirtning degidratlanishidan 8,4 g alken va 1,8 g suv hosil
bo‘lgan bo‘lsa, alkenning formulasini aniqlang.
10. Noma’lum spirtning degidratlanishidan 12,6 g alken va 5,4 g suv hosil
bo‘lgan bo‘lsa, spirtning formulasini aniqlang.
13-§. ALKENLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI
Fizik xossalari. Etilen – rangsiz, hidsiz, havodan biroz yengil gaz. Suvda
yomon eriydi. Propen va butenlar ham normal sharoitda gaz holatida bo‘ladi.
Butendan keyingi vakillari suyuqlik, yuqori vakillari esa qattiq moddalardir.
51
Kimyoviy xossalari. Etilen va uning gomologlarini asosiy kimyoviy xossalari
ularning qo‘shbog‘lari bilan bog‘liq. Ular qo‘shbog‘ni uzilishi hisobiga
oson reaksiyaga kirishadi. Ayniqsa, birikish reaksiyalari alkenlar uchun xarakterli
hisoblanadi.
1. Gidrogenlash reaksiyasi. Alkenlar yuqori temperaturada katalizator
ishtirokida qo‘shbog‘ni uzilishi hisobiga gidrogenlash reaksiyasiga kirishadi:
CH2 CH2 + H2 CH3 CH3
2. Galogenlash reaksiyasi. Alkenlar qo‘shbog‘ni uzilishi hisobiga galogenlash
reaksiyasiga ham kirishadi. Masalan, etilenga bromli suv ta’sir ettirilsa,
etilen bromli suvni rangsizlantiradi. Reaksiya mahsuloti sifatida alkanlarning
dibromli birikmalari hosil bo‘ladi:
CH2 CH2 + Br2 CH2Br CH2Br
3. Etilen va uning gomologlari vodorod galogenidlarni ham biriktirib olishi
mumkin:
CH2 CH2+HBr CH3 CH2Br
Propilendan boshlab vodorod galogenid birikishi biroz farq qiladi. Bunda
reaksiya Markovnikov qoidasiga asosan boradi. HBr dagi vodorod qo‘shbog‘
saqlagan uglerodlardan ko‘proq gidrogenlanganiga, brom esa kamroq gidrogenlanganiga
birikadi.
CH2 CH CH3+HBr CH3 CH(Br) CH3
4. Alkenlar molekulasidagi qo‘shbog‘ hisobiga oksidlanish reaksiyasiga
oson kirishadi. Etilen kaliy permanganat ta’sirida neytral muhitda oksidlanganda
ikki atomli spirt etilenglikol hosil bo‘ladi:
3CH2 CH2 + 2KMnO4 + 4H2O 3CH2
OH
CH2 + 2MnO2 + 2KOH
OH qora
52
5. Etilen va propilen polimerlanish reaksiyalariga kirishadi. Polimerlanish
– bu bir xil molekulalarning o‘zaro birikib, yirik molekula polimerni hosil qilish
reaksiyasidir. Etilenning polimerlanishini quyidagicha yozish mumkin :
nCH2 CH2 (-CH2 CH2 )n
polietilen
n – polimerlanish darajasi. Bu yerda etilen monomer, polietilen polimer
hisoblanadi.
Ishlatilishi. Etilen va propilenni polimerlanish mahsulotlaridan texnika va
turmushda foydalaniladigan polietilen va polipropilen olinadi.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling