I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Mavzuga oid masala va uning yechimi


Download 457.5 Kb.
bet19/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Mavzuga oid masala va uning yechimi.
1. 39,2 g metilsiklogeksan yonishidan 123,2 g CO2 hosil bo‘lgan bo‘lsa,
ajralgan suv massasini aniqlang?
Masalaning yechimi:
Yonish reaksiyasini yozamiz:
C7H14 + 10,5 O2 7CO2 + 7 H2O
Reaksiyadan ko‘rinib turibdiki, sikloalkanlar yonganda teng miqdorda
(mol) CO2 va H2O hosil bo‘lar ekan. Demak, CO2 necha mol bo‘lsa H2O ham
shuncha miqdorda bo‘ladi. mol CO2
7 mol CO2 7 mol H2O
2,8 mol CO2 x = 2,8 mol H2O
2,8 mol suv necha grammligini topamiz. 2,8∙18=50,4 g Javob:50,4g
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Siklopropan yonishidan 132 g CO2 va 108 g H2O hosil bo‘lsa, sarflangan
kislorod massasini aniqlang.
2. 5,6 g siklobutan yonishidan hosil bo‘lgan CO2 massasini aniqlang.
3. Siklopentan yonishidan 110 g CO2 va 45 g H2O hosil bo‘lsa, sarflangan
kislorod massasini aniqlang.
4. 210 g siklogeksanning xlor bilan reaksiyasidan hosil bo‘lgan monoxlorsiklogeksan
massasini aniqlang.
5. 1,2-dimetil siklopropandagi ikkinchi uglerodning oksidlanish darajasini
toping.
6. 1,1-dimetil siklobutan halqasidagi uglerodlarning oksidlanish darajalarini
aniqlang.
7. Siklopropandan 88 gramm propan olingan bo‘lsa, sarflangan vodorod
hajmini (l, n.sh) hisoblang.
8. Siklobutandan 14,5 gramm butan olingan bo‘lsa, reaksiyada qatnashgan
siklobutanni hajmini (l, n.sh) toping.
9. 14 gramm siklopentandan necha gramm pentan olish mumkin?
42
11-§. ALKENLAR VA ULARNING NOMENKLATURASI
Tarkibida bitta π bog’ saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarni etilen
qatori uglevodorodlari deyiladi. Bu qatorga kirgan har bir uglevodorod
molekulasini tarkibida tegishli to’yingan uglevodorod tarkibidan ikkita
vodorod atomiga kam bo’ladi. Alkenlarning umumiy formulasi CnH2n
bo’lib, ularning birinchi vakili etilen hisoblanadi. Etilenning bir valentli
radikali (CH2=CH-) vinil radikali deb ataladi.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling