Formula Nomlanishi
Empirik Struktura Ratsional Xalqaro
C2H2 HC CH Asetilen Etin
C3H4 HC C CH3 Metilasetilen Propin
C4H6 H3C C C CH3 Dimetilasetilen Butin-2
C5H8 HC C CH2 CH2 CH3 Propilasetilen Pentin-1
C6H10 HC C CH2 CH2 CH2 CH3 Butilasetilen Geksin-1
58
Izomeriyasi. Asetilen qatori uglevodorodlarida zanjirni tarmoqlanishi va
uchbog‘ni joylashuvi bilan bog‘liq izomeriya kuzatiladi. Masalan, umumiy
formulasi C4H6 bo‘lgan ikkita alkinni yozishimiz mumkin.
HC C CH2 CH3
butin - 1
CH3 C C CH3
butin - 2
Alkinlar va alkadiyenlarda umumiy formulasi bir xil, ya’ni CnH2n-2 bo‘lganligi
uchun ular sinflararo izomer hisoblanadi. Bu holatni propin va propadiyen
molekulalaridan boshlab kuzatishimiz mumkin.
H C C C H
H
H
propin
C C C
H
H
H
H
propadiyen
butin - 2
CH3 C C CH3
butin - 1
C CH2 CH3
CH2 CH CH CH2
butadien-1,3
Olinishi.
1. Asetilen sanoatda va laboratoriyada kalsiy karbidni gidroliz qilib olinadi.
C
C
Ca 2H2O HC CH Ca OH2
2. Metanni yuqori haroratda qizdirib ham asetilenni olish mumkin.
2 CH4 15000 HC CH 3 H2
Fizik xossalari. Asetilen havodan yengilroq gaz, suvda kam eriydi. Toza
holda deyarli hidsiz. Alkinlarning nisbiy molekulyar massasi ortgan sari, ularning
qaynash harorati ham ortib boradi.
59
Kimyoviy xossalari.
1. Gidratlash reaksiyasi. M.G.Kucherov asetilenga katalizator ishtirokida
suv ta’sir ettirib sirka aldegidni hosil qilgan.
HC CH H2O CH3 C
O
H
sirka aldegid
Hg+2
2. N.D.Zelinskiy asetilenni yuqori temperaturada aktivlangan ko‘mir ustidan
o‘tkazib benzolni hosil qilgan.
3HC CH C aktiv
benzol
3. Alkinlar ham barcha uglevodorodlar singari yonadi. Yonish mahsuloti
sifatida suv va karbonat angidrid hosil bo‘ladi :
CnH2n-2 + (1,5n-0,5)O2 nCO2 + (n-1)H2O
C3H4 + 4O2 3CO2 + 2H2O
C5H8 + 7O2 5CO2 + 4H2O
Ishlatilishi. Asetilen organik sintez mahsulotlarini olishda dastlabki homashyo
sifatida keng qo‘llaniladi. Asetilen kislorodda yondirilganda temperatura
30000C gacha ko‘tariladi. Bu holatdan metallarni payvandlash va kesishda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |