I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet35/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Bog'liq
10-SINF

izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar ro‘y beradi. Neft, asosan, ikki xil
usul, ya’ni termik va katalitik usulda krekinglanadi. Termik kreking yuqori
temperatura va yuqori bosim ostida olib boriladi. Natijada yuqori molekulyar
uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulyar to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarni
hosil qiladi. Bular esa, o‘z navbatida, benzin (C5 – C9) fraksiyasini
beradi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazolin tarkibida uchraydiganlarini
toping.
a) C15H32 b) C10H22 c) C7H16 d) C4H10
2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan kerosin tarkibida uchraydiganlarini
toping.
a) C15H32 b) C17H36 c) C8H18 d) C5H12
3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan mazut tarkibida uchraydiganlarini
toping.
a) C14H30 b) C18H38 c) CH4 d) C9H20
4. C4H10 tarkibli alkan termik kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil
mahsulot hosil bo‘ladi.
73
5. C5H12 tarkibli alkan kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot
hosil bo‘ladi.
19-§. UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI.
TABIIY GAZ VA TOSHKO’MIR
Tabiiy gaz tarkibida ko‘proq molekulyar massasi kichik bo‘lgan uglevodorodlar
bo‘ladi. Uning taxminiy hajm jihatdan tarkibi quyidagicha:
80-98% metan, 2-20% uning eng yaqin gomologlari – etan, propan, butan
va ozroq miqdorda aralashmalar – vodorod sulfid, azot, nodir gazlar,
uglerod (IV) oksid va suv bug‘lari.
Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan
yo‘ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo‘ldosh gazlar tarkibida
metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko‘proq
bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo‘lmagan
boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo‘shimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir
gazlar, suv bug‘lari va karbonat angidrid bo‘ladi.
Neftning yo‘ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda
erigan holda bo‘ladi.
Yo‘ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan
past temperaturalarda haydash yo‘li bilan alohida-alohida uglevodorodlar
olinadi. Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxloridlar olish mumkin.
Propan va butandan degidrogenlash yo‘li bilan to‘yinmagan uglevodorodlar
propilen, butilen va butadiyen olinadi, so‘ngra ulardan kauchuk va plastmassalar
sintez qilinadi.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling