I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet33/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Bog'liq
10-SINF

sp-gibridlanish. Agar gibridlanish bitta s- va bitta p- orbitallar hisobiga sodir
bo‘lsa, bunday gibridlanish sp- gibridlanish deyiladi. Bunda hosil bo‘lgan 2
ta gibrid orbital bir-biri bilan 180° burchak ostida joylashadi. Qolgan ikkita p
- orbital π-bog‘ hosil qilishda ishtirok etadi. sp gibridlanishga asetilen molekulasining
hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi. Uchbog‘ tutgan uglerod atomlari va
ikkita qo‘shbog‘ tutgan uglerod atomlari sp gibridlangan holatda bo‘ladi.
69
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1.Propin molekulasidagi ikkinchi uglerod atomining gibridlanish turini
aniqlang.
2.Etan molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini toping.
3. Pentin-2 molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.
4. Geksen-1 molekulasidagi σ va π bog‘lar sonini hisoblang.
5.Butadiyen-1,3 molekulasidagi π bog‘lar hosil bo‘lishida ishtirok etgan
orbitallar sonini toping.
6. Siklopropan molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini hisoblang.
7. Geksin-3 molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar
sonini toping.
8. 2,3-dimetilbuten-2 molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar
sonini toping.
9. Siklobutan molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar
sonini hisoblang.
18-§. UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI.
NEFT VA NEFTNI QAYTA ISHLASH MAHSULOTLARI
Uglevodorodlarning eng muhim tabiiy manbalari neft, tabiiy gaz,
neftning yo‘ldosh gazlari va toshko‘mirdir.
Neft Toshko‘mir Tabiiy gaz
70
Neft - gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat
moysimon, rangi - sariq yoki och-qo‘ng‘ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz
hidga ega, suvdan yengil bo‘lgan suyuqlikdir. Neftning tarkibida, uglevodorodlardan
tashqari, ba’zan kislorodli, oltingugurtli va azotli birikmalar
ham bo‘ladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha bo‘lib, ular solishtirma
og‘irligi ham turlichadir.
Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gaz holidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz
holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yo‘ldosh gaz (neft qazib
olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar
bo‘ladigan neft – parafin asosli, qattiq uglevodorodlar bo‘ladigan neft esa

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling