I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet41/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Kimyoviy xossalari.
1. Spirtlar molekulasidagi gidroksil guruhning vodorod atomi o`rnini metall
egallashi natijasida alkagolyatlar hosil bo‘ladi.
2C2H5OH + 2Na 2 C2H5ONa + H2
natriy etilat
Alkagolyatlar suvda gidrolizga uchraydigan noturg’un moddalardir.
C2H5ONa + H2O C2H5OH + NaOH
2. Spirtlar karbon kislotalar bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga
kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi. Bu reaksiya eterifikatsiya reaksiyasi
deyiladi.
C2H5OH + CH3 C
O
OH CH3 C
O
O C2H5 + H2O
sirka kislata etilatsetat
H2SO4
3. Spirtni sulfat kislota ishtirokida yuqori temperaturada qizdirilsa, bir
molekula spirtdan bir molekula suv chiqishi hisobiga to‘yinmagan uglevodorodlar
hosil bo‘ladi. Masalan, etanoldan etilen hosil bo‘ladi.
CH3 CH2 OH
t > 1400C, H2SO4 (kons)
CH2 CH2 + H2O
4. Spirtlar pastroq temperaturada sulfat kislota bilan qizdirilsa, ikki molekula
spirtdan bir molekula suv ajralib oddiy efir hosil qiladi.
83
2 CH3 CH2 OH
t <1400C, H2SO4 (kons) C + H2O 2H5 O C2H5
Suv molekulasining ajralib chiqishi bilan ketadigan reaksiyalar degidratlanish
reaksiyasi deyiladi.
5.Spirtlar kislorodda yonib karbonat angidrid va suvni hosil qiladi:
CnH2nOH + 1,5n O2 n CO2 + (n+1) H2O
Etil spirtining yonishi: C2H5OH + 3O2 2 CO2 + 3 H2O
Butil spirtining yonishi: C4H9OH + 6O2 4 CO2 + 5H2O
Ishlatilishi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Haroratni o‘lchashda termometrlarda ishlatiladi. Etil spirt organizmga kuchli
ta’sir etadi. U asab tizimi, ovqat hazm qilish a’zolarini va yurak qon-tomirlarining
ish faoliyati ishdan chiqib og‘ir kasalliklarga olib keladi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Spirtlarning qaynash harorati tegishli uglevodorodning qaynash haroratidan
baland bo‘lishining sababi nimada?
2. 18 g propil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan
qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?
3. 23 g etil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan
qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?
4. 9,6 g metil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan
qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?
5. Keltirilgan tartibdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan
reaksiyalarni yozing:
A) CH4 CH3 Cl CH3 CH3 CH3 CH2 Cl CH3 CH2 OH CH3 CH3
CH3 CH2 Cl CH3 CH2 OH CH3 CH3
84
B) CH3 CH2 OH CH2 CH2 CH3 CH3 CH3 CH2 Cl CH3 CH2 Cl
CH3 CH2 Cl CH3 C
O
H
CH3 CH2 Cl
C) CaCO3 CaC2 CH3 C CH3 CH2 OH CH3 CH2 Cl CH2 O
H
CH3 CH2 OH CH3 CH2 Cl CH2 CH2
6. 92 ml hajmdagi zichligi 0,8 g/ml bo‘lgan etanolni to‘laligicha yoqish
uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini (l n.sh) toping. (Havo tarkibida
kislorodning hajmiy ulushi 20%)
7. 36 g propanolni to‘laligicha yoqish uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini
(l n.sh.) toping. (Havo tarkibida kislorodning hajmiy ulushi 20%)
8. 30 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha gramm suv hosil bo‘ladi.
9. Spirtlarning umumiy yonish formulasidan foydalanib quyidagi reaksiyani
davom ettiring va tenglashtiring. C4H9OH + O2 ......
10. 20 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha (l n.sh.) uglerod (IV)
oksid hosil bo‘ladi?

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling