I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet40/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyida keltirilgan misollar orasidan bir atomli to‘yingan spirtlar umumiy
formulasini ko‘rsating: 1)CnH2n 2)CnH2n+2 3)CnH2n+1OH 4)CnH2n-2
2.Keltirilgan organik birikmalarning struktur tuzilishini yozing va ular orasidan
metanolning gomologini ko‘rsating? 1)CH4; 2)C3H7OH; 3)C2H4(OH)2;
4)C3H5(OH)3
3. Dimetil efir va etanolning struktur tuzilishini yozing, bu moddalarning
bir-biriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsating. 1)gomolog 2)polimer 3)struktur
izomer 4)sinflararo izomer
CH2 CH2 + H2O CH3 CH2 OH
81
4. Tarkibi C5H11OH bo‘lgan spirtning barcha izomerlarini daftaringizga
yozing va ularni nomlang.
5.2,3-dimetil butanol-2 ning stuktura formulalarini yozing.
6.3-metil pentanon-1 ning stuktura formulalarini yozing.
7. 21 g propilendan olish mumkin bo‘lgan bir atomli spirtning massasini
hisoblab toping.
8. 70 g etilendan olish mumkin bo‘lgan bir atomli spirtning massasini hisoblab
toping.
9. 35,2 g etilasetat gidrolizidan hosil bo‘lgan etanol massasini toping.
10. 2-brom butanga KOH ning suvli eritmasi ta’siridan hosil bo‘lgan spirt
massasi 44,4 g bo‘lsa, sarflangan 2-brom butan massasini toping.
21-§. TO’YINGAN BIR ATOMLI SPIRTLARNING
FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. ISHLATILISHI
Fizik xossalari. Spirtlarning dastlabki to‘rt vakillari suyuqliklar bo‘lib
o‘ziga xos hidga ega. Yuqori spirtlar (C12H25OHdan boshlab) qattiq moddalardir
va ular suvda amalda erimaydilar. Spirtlarning molekular massasi ortishi
bilan qaynash temperaturasi ham ortib boradi.
Тegishli uglevodorodlarga qaraganda spirtlarning qaynash harorati anchagina
yuqori. Bunga sabab spirtlarda molekulalararo vodorod bog‘lanishning
borligidir. Spirtlar va suv molekulalarida vodorod bog‘ kislorod atomlaridagi
erkin elektron juftlar hisobiga hosil bo‘ladi: bir molekuladagi kislorod atomi
boshqa molekuladagi vodorod atomi bilan o‘zaro molekulalararo vodorod
bog‘lanish hosil qiladi.
Vodorod bog‘lar spirt molekulalari o‘rtasida ham, shuningdek, spirt bilan
suv molekulalari o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin.
R O
H - - - - -
R
O H
H
O H
O
H - - - - -
+_ −_ R
Shuning uchun ham spirtlarning qaynash harorati yuqori bo‘ladi. Spirtlarning
qaynashi uchun sarflanadigan asosiy issiqlik vodorod bog‘ning uzilishiga
va molekulalarning bir-biridan ajralishiga sarflanadi.
82

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling