I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet48/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ketonlar qaysi guruh moddalari bilan izomer hisoblanadi?
2. Ketonlarning aldegidlarga o‘xshash va farqli belgilarini aytib bering.
3. C5H10O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va
ularni nomlang.
4. C4H8O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni
nomlang.
5. C5H11OH tarkibli berilgan spirtlardan qaysilarini oksidlash orqali ketonlar
olish mumkin .
a)2-metilbutanol-1; b)3-metilbutanol-2; c)2-metilbutanol-2;d)2,2-dimetilpropanol-
1; e) 3-metil butanol-1; f)pentanol-3
102
6. C6H13OH tarkibli berilgan spirtlardan qaysilarini oksidlash orqali ketonlar
olish mumkin.
a)2-etilbutanol-3; b)3-etilbutanol-2; c)2,3-dimetilbutanol-2; d)2,2-dimetilpropanol-
1; e) 3-metilpentanol-1; f)pentanol-3
7. 36 g noma’lum ketonni spirt hosil bo‘lguncha qaytarish uchun 11,2 l
(n.sh.) vodorod kerak bo‘lsa, noma’lum ketonni toping.
8. 30 g noma’lum ketonni spirt hosil bo‘lguncha qaytarish uchun 6,72 l
(n.sh.) vodorod kerak bo‘lsa, noma’lum ketonni toping.
26-§. KARBON KISLOTALAR. OLINISHI VA XOSSALARI
Molekulasida to‘yingan uglevodorod radikali bilan bog`langan bitta
karboksil guruh ( C
O
O H
) tutgan organik moddalar bir asosli to‘yingan
karbon kislotalar deyiladi. Ularni umumiy holda CnH2n+1 COOH
formula bilan ifodalash mumkin: (chumoli kislota bundan mustasno).
Nomenklaturasi : To‘yingan bir asosli kislotalarni nomlashda, ko‘pincha
ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan
olinganligini ko‘rsatadi. Masalan, ularning birinchi vakili H—COOH
chumoli kislota deb ataladi, chunki dastlab chumolidan ajratib olingan. Xuddi
shunga o‘xshash, valerian kislota – Valeriana o‘simligining ildizidan olingan.
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra, kislotalarning nomi tegishli uglevodorod
nomiga kislota so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi:
Formulasi Trivial
nomeklatura
Sistematik
nomeklatura
H COOH chumoli kislota metan kislota
CH3 COOH sirka kislota etan kislota
CH3 CH2 COOH propion kislota propan kislota
103
CH3 CH2 CH2 COOH moy kislota butan kislota
CH3 CH2 CH2 CH2 COOH valerian kislota pentan kislota
CH3 CH2 CH2 CH2 CH2 COOH kapron kislota geksan kislota
CH3 (CH2)14 COOH palmitin kislota geksadekan
kislota
CH3 (CH2)16 COOH stearin kislota oktadekan
kislota
Tarmoqlangan zanjirli vakillarini nomlashda: avval eng uzun zanjir tanlanadi
va karboksil guruh tomondan raqamlanadi. Bu holatda karboksil guruh
birinchi deb hisoblanadi. Zanjir tarmoqlangan qismidagi radikallar joylashgan
uglerod raqami, so‘ng radikali nomi aytiladi. Asosiy uglerod zanjiridagi
uglerodlar soniga mos alkan nomi va kislota so‘zi qo‘shib aytiladi . Masalan:
4CH3 3CH2 2CH 1COOH
CH3
2-metilbutan kislota
Izomeriyasi- To‘yingan karbon kislotalar uglerod zanjirning
tarmoqlanishidan hosil bo‘ladi:
CH3 CH2 CH2 CH2 COOH
pentan kislota
CH3 CH2 CH
CH3
COOH
2-metilbutan kislota
CH3 CH
CH3
CH2 COOH
3-metilbutan kislota
CH3 C
CH3
CH3
COOH
2,2-dimetilpropan kislota

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling