Mavzuga oid masala va uni yechimi.
1. 10 l noma’lum alkinni yondirish uchun 70 l kislorod sarflandi. Boshlang‘
ich uglevodorodni aniqlang va uning barcha izomerlari strukturasini
yozing.
Masalaning yechimi:
60
Ma’lumki alkinlarning umumiy yonish formulasi quyidagi ko‘rinishga
ega:
CnH2n-2 + (1,5n - 0,5)O2 nCO2 + (n-1)H2O
Demak, bir hajm alkinni yoqish uchun 1,5n-0,5 hajm kislorod sarflanadi
(bu yerda “n” – alkin tarkibidagi uglerodlar soni). Ushbu holatni misol shartida
berilgan ma’lumotlar bilan birgalikda mos ravishda proporsiya tuzish mumkin:
1 l alkin yonishiga (1,5n - 0,5) l O2 sarflanadi
10 l ga 70 l sarflandi
Proporsiyani yechamiz:
70 l • 1 l = 10 • (1,5n – 0,5) l
70 = 15n – 5
15n = 75
n = 5
Demak, alkin tarkibida 5 ta uglerod mavjud, ya’ni bu pentin. Endi misolni
ikkinchi vazifasi, topilgan alkinning izomerlari strukturasini yozish kerak.
Ularning umumiy soni 3 ta.
Javob: pentin, 3 ta
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Tarkibi C4H6 va C5H8 bo’lgan alkinlarni struktur formulalarini yozing va
ularni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang.
2. Tarkibi C4H6 va C5H8 bo’lgan alkinlarni struktur formulalarini yozing va
ularni xalqaro nomenklatura bo’yicha nomlang.
3. Tarkibi C6H10 va asosiy zanjirda 5ta va 6ta uglerod atomi tutgan alkinlar
strukturasini yozing va ulani nomlang.
4. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarni yozing
va tenglashtiring.
61
a) CaCO3 CaO CaC2 H C C H CH3 C
O
H
b) CH4 H C C H CH2 CHCl ( CH2 CH
Cl
) n
d) CH3 CH3 CH3 CH2Cl CH2 CH2 CH2Cl CH2Cl H C C H
5. Laboratoriyada 128 g kalsiy karbid mo‘l miqdordagi suv bilan ta’sirlashi
natijasida olingan alkinning massasini (g) hisoblang.
6. 448 l (n.sh.) metandan olingan asetilen (1500o C ) Kucherov reaksiyasiga
sarflandi. Hosil bo‘lgan moddaning massasini (kg) aniqlang.
7. 20 l noma’lum alkinni to‘liq yondirish uchun 170 l kislorod sarflandi.
Boshlang‘ich uglevodorodni aniqlang va uning barcha izomerlarini strukturasini
yozing.
8. Asetilendan N.D. Zelinskiy usuli bo‘yicha 0,624 kg benzol olindi. Reaksiya
unumdorligi 40% ni tashkil etgani ma’lum bo‘lsa, sarflangan alkinning
massasini (g) aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |