Laboratoriyada metanni quyidagi usullar yordamida olinadi:
1. Aluminiy karbidning suv bilan ta’sirlashishidan:
Al4C3 + 12H2O 4Al(OH)3 + 3CH4
2. Natriy asetatning natriy gidroksid bilan aralashmasini qizdirib, metan
olinadi.
COONa CH3 + NaOH CH4 + Na2CO3
Agar natriy asetat o‘rniga boshqa karbon kislotaning tuzi ishlatilsa mos alkanlar
hosil bo‘ladi: Masalan natriy propionatdan etan hosil bo‘ladi.
CH3 CH2 COONa + NaOH CH3 CH3 + Na2CO3
Fizik xossalari. Metan, etan, propan, butanlar normal sharoitda gaz moddalar,
pentandan pentadekangacha (C15H32) gacha suyuqliklar, geksadekandan
(C16H34) dan boshlab esa qattiq moddalardir.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Etil yodidning natriy metali bilan reaksiyasini yozing.
2. 1-yod-2-metilpropanning natriy metali bilan reaksiyasini yozing.
3. Propil yodid va birlamchi izobutil yodid Vyurs reaksiyasiga kirishganda
hosil bo‘ladigan organik moddalarni nomini ayting.
4. Etil yodidga qanday galoid alkillarni qo‘shib Na metalli ta’sir ettirganda
quyidagi moddalar hosil bo‘ladi?
CH3 CH CH2 CH3
CH3
CH3 CH2 C CH3
CH3
CH3
5. Etil yodidga qanday galoid alkillarni qo‘shib Na metalli ta’sir ettirganda
quyidagi moddalar hosil bo‘ladi?
CH3 CH2 CH2 CH2 CH3 CH3 C CH2 CH2 CH3
CH3
CH3
33
6. 14,4 g alyuminiy karbid gidrolizlanganda hosil bo‘ladigan gaz hajmini (l
n.sh.) toping.
7. 36 g alyuminiy karbid gidrolizlanganda hosil bo‘ladigan gaz hajmini (l
n.sh.) toping.
8. 108gr alyuminiy karbid gidrolizlanganda hosil bo‘ladigan gaz hajmi (l
n.sh.) va hosil bo‘ladigan cho‘kma massasini toping.
9. Natriy atsetat yetarli miqdorda NaOH bilan ta’sirlashganda 22,4 l (n.sh)
gaz ajralgan bo‘lsa necha gramm tuz sarflanganini toping.
10. 41gr natriy atsetat yetarli miqdorda NaOH bilan ta’sirlashganda hosil
bo‘ladigan gaz hajmini (l n.sh.) toping.
11. Natriy propionat yetarli miqdorda NaOH bilan ta’sirlashganda 11,2 l
(n.sh.) gaz ajralgan bo‘lsa, necha gramm tuz sarflanganini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |