Mavzuga oid testlar.
1. 1824-yilda F.Vyoler oksalat kislotani qanday moddadan sintez qilib oldi?
A) ammoniy sianatdan B) ditsiandan C) chumoli kislotadan D) atsetilendan
2. 1828-yilda qaysi olim ammoniy sianiddan mochevinani sintez qilgan?
A) F.Vyoler B) M.Bertole C) A.M.Butlerov D) N.N.Zinin
3. Organik birikmalar yondirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) vodorod va kislorod B) karbonat angidrid va suv
C) karbonat angidrid va vodorod D) is gazi va suv
4. 1861-yili rus olimi A.M.Butlerov qanday moddadan shakarsimon moddani oldi?
A) chumoli kislotadan B) chumoli aldegiddan C) benzoldan D) sirka kislotadan
5. 1842-yilda rus olimi N.N.Zinin benzoldan qanday moddani sintez qilgan?
A) anilinni B) nitrobenzolni C) xlorbenzolni D) fenolni
6. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik birikmalarning suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ….
A) yuqori B) past C) farq qilmaydi D) ayrimlari past, ayrimlari yuqoridir
7. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma …. bo‘g‘lar orqali bog‘langan.
A) ion B) vodorod C) kovalent D) metall
8. Qaysi olimlar sirka kislotani sintez qilishgan?
A) M.Bertole va A.M.Butlerov B) Franklend va A.V.Kolbe
C) F.Vyoler va N.N.Zinin D) Kekule va Kuper
9. n-butanning izomerlar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
10. 1854-yili fransuz kimyogari M. Bertlo qaysi moddani olgan?
A) karbon kislotani B) yog‘ni C) murakkab efirni D) spirtni
2-§. ORGANIK MODDALARNING TUZILISH NAZARIYASI
Rus olimi A.M.Butlerov organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini taklif etdi. Ushbu nazariya quyidagicha ta’riflanadi:
Murakkab zarrachaning kimyoviy tabiati uning tarkibini tashkil etuvchi moddiy zarrachalarning tabiati, ularning miqdori va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi.
Ushbu nazariyadan kelib chiqadigan xulosalar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |