I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 457.5 Kb.
|
10-SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid testlar.
aromatik aminlar deyiladi.
Tarkibida karboksil va amino guruhlar bor bo‘lgan birikmalarni aminokislotalar deyiladi. Aminokislotalar oqsillarni monomerlari hisoblanadi. Organik birikmalarga xos bo‘lgan reaksiya turlari. Organik birikmalar anorganik birikmalar kabi almashinish, birikish, ajralish reaksiyalariga kirishadi. 1) Organik molekula tarkibidagi atom(lar)ning, boshqa molekula tarkibidagi atomlar bilan almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga almashinish reaksiyalari deyiladi. Masalan: Benzol molekulasidagi 6 ta vodorod atomidan bittasi xlor molekulasidagi bitta xlor atomi bilan yoki nitrat kislotadagi nitro (NO2) guruh bilan almashinishi mumkin. Asosiy mahsulotdan (xlor benzol, nitrobenzol) tashqari vodorod xlorid va suv hosil bo`ladi. C6H6 + Cl2 C6H5Cl + HCl FeCl3, t C6H6 + HNO3 C6H5NO2 + H2O H2SO4, t 19 2) Organik moddalarning boshqa molekula(lar) bilan birikishidan sodir bo`ladigan reaksiyalarga birikish reaksiyalari deyiladi. Masalan : etilenga suvning, bromning, vodorodning birikishi: CH2 CH2 + HOH CH3 CH2OH CH2 CH2 + Br2 BrCH2 CH2Br CH2 CH2 + H2 CH3 CH3 3) Bitta organik birikmaning bir necha xil molekula hosil qilib parchalanishiga ajralish reaksiyasi deyiladi. Masalan: Etan molekulasi yuqori temperaturada qizdirilganda etilen va vodorod molekulasi hosil bo‘ladi: C2H6 CH2 CH2 + H2 to Etilbromidni yuqori temperaturada qizdirilishi natijasida etilen va vodorod bromid hosil bo`ladi CH2 CH2 + HBr to CH3 CH2 Br Bundan tashqari faqat organik birikmalarga xos bo`lgan reaksiya turlari ham mavjud. Bularga polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari misol bo`ladi. Mavzuga oid testlar. 1. Uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) yog`lar 6) sikloalkanlar A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,4,5 2. To`yinmagan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) aldegidlar 6) aminlar 7) alkenlar 8) yog`lar A) 1,6,8 B) 2,3,5 C) 1,3,4 D) 3,4,7 3. To`yingan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. A) alkanlar; alkenlar B) alkenlar; alkadiyenlar C) alkanlar; sikloalkanlar D) alkanlar; aminlar 20 4. Tarkibida C O O H guruhi bor bo`lgan moddalar….deyiladi? A)karbon kislotalar B)ketonlar C)aldegidlar D)spirtlar 5. Ochiq zanjirli uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. A)alkanlar; sikloalkan B)alken; aromatik uglevodorodlar C)alkenlar; alkanlar D)aminlar; fenollar 6. Tarkibida C O guruhi bor bo`lgan birikmalar qanday nomlanadi? A)nitrobirikmalar B)yog`lar C)oksobirikmalar D)spirtlar 7. Azot saqlovchi organik birikmalar keltirilgan qatorni toping. 1) Alkanlar 2) Aminlar 3) Alkenlar 4) Sikloalkanlar 5) Monosaxaridlar 6) Oqsillar 7) Alkadiyenlar 8) Nitrobirikmalar A)1,3,6 B)2,6,8 C)1,4,5 D)2,4,7 8. Metilamin tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping. A)0 B)-2 C)+3 D)-3 9. Metiletilamin molekulasidagi σ bog`lar sonini toping. A)13 B)12 C)10 D)9 10. Faqat organik birikmalar uchun xos bo`lgan reaksiya turlarini belgilang. A) birikish; ajralish C) polimerlanish; polikondensatlanish B) polimerlanish; almashinish D) birikish; polimerlanish. 21 Download 457.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling