to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarga bo‘linadilar.
To‘yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi.
To‘yinmagan uglevodorodlarga alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar va aromatik
uglevodorodlar kiradi.
Shu bilan birga uglevodorodlar ochiq zanjirli va yopiq zanjirli bo‘lishi
mumkin.
Ochiq zanjirli uglevodorodlarga alkanlar, alkenlar, alkadiyenlar va
alkinlar kiradi.
Yopiq zanjirli uglevodorodlarga sikloalkanlar va aromatik uglevodorodlar
kiradi.
Tarkibida gidroksil guruhi bor bo‘lgan moddalarga spirtlar va fenollar
kiradi. Agar gidroksil guruh alkil radikallari bilan bog‘lansa, spirtlar hosil
17
bo‘ladi. Agar gidroksil guruh benzol yadorsi bilan bevosita bog‘langan bo‘lsa,
fenollar hosil bo‘ladi. Spirtlar va fenollar o‘z navbatida bir atomli va ko‘p
atomli spirtlarga bo‘linadi.
Tarkibida karbonil guruhi C
O
bor bo‘lgan birikmalarni oksobirikmalar
deyiladi. Oksobirikmalarga aldegidlar va ketonlar kiradi.
Tarkibida karboksil guruhi
C
O
O H
bor bo‘lgan birikmalarni karbon
kislotalar deyiladi.
Yog‘lar murakkab efirlar sinfiga kiradi. Yog‘lar uch atomli spirt (glitserin)
ni yuqori yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiridir.
Uglevodlarni tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va
polisaxridlarga bo‘linadi.
Azot saqlovchi organik birikmalarga nitrobirikmalar, aminlar, aromatik
aminlar va aminokislotalar kiradi.
Tarkibida –NO2 guruh saqlagan birikmalarga nitrobirikmalar deyiladi.
Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o‘rnini
alkil radikallari almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni aminlar
deyiladi. Aminlarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarga bo‘lish
mumkin.
18
Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o‘rnini
aromatik radikallarga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |