I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet37/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Ammiak suvi ammiak, ammoniy xlorid va karbonatdan iborat suvli eritma
bo‘lib, undan azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Koks gazi tarkibiga benzol, toluol, ksilollar, fenol, ammiak, vodorod sulfid
va boshqa moddalar kiradi. Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid alohida
ajratilgandan so‘ng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi.
Mavzuga oid masala va uning yechimi.
1. Tabiiy gazni tarkibidagi metanni yoqish uchun 67,2 l (n.sh.) kislorod
sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.
Masalaning yechimi.
Dastlab, metanning yonish reaksiyasini yozamiz.
CH4+ 2 O2 CO2 + 2 H2O
Reaksiyadan ma’lumki, 2 mol kislorod reaksiyaga kirishsa, 1 mol karbonat
angidrid gazi ajralib chiqadi. Demak, kislorodning molini topamiz va proporsiya
yuzamiz.
n= 67,2
22,4 =3 mol
76
Agar 2 mol kislorod reaksiyada ishtirok etganda 1 mol karbonat angidrid
hosil bo‘lsa, 3 mol kisloroddan qanday miqdordagi gaz hosil bo‘ladi?
n= 2
3•1
=1,5 mol CO2
Endi hosil bo‘lgan gazning massasini topamiz.
m=Mr·n m = 44·1,5 = 66 g Javob: 66 g
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazli benzin tarkibida
uchraydiganlarini toping.
a) C15H32 b) CH4 c) C6H14 d) C4H10
2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan suyuq yonilg‘i tarkibida
uchraydiganlarini toping.
a) C3H8 b) CH4 c) C7H16 d) C15H32
3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan quruq gaz tarkibida
uchraydiganlarini toping.
a) C4H10 b) C10H22 c) C2H2 d) CH4
4. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan koks tarkibida uchraydiganlarini
toping.
a) kumol - C9H12 b) sulfat kislota – H2SO4 c) osh tuzi - NaCl d)
benzol – C6H6
5. Tabiiy gazni tarkibidagi metanni yoqish uchun 11,2 l (n.sh.) kislorod
sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling