I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 457.5 Kb.
|
10-SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid masala va mashqlar. 1.
izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar ro‘y beradi. Neft, asosan, ikki xil
usul, ya’ni termik va katalitik usulda krekinglanadi. Termik kreking yuqori temperatura va yuqori bosim ostida olib boriladi. Natijada yuqori molekulyar uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulyar to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarni hosil qiladi. Bular esa, o‘z navbatida, benzin (C5 – C9) fraksiyasini beradi. Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazolin tarkibida uchraydiganlarini toping. a) C15H32 b) C10H22 c) C7H16 d) C4H10 2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan kerosin tarkibida uchraydiganlarini toping. a) C15H32 b) C17H36 c) C8H18 d) C5H12 3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan mazut tarkibida uchraydiganlarini toping. a) C14H30 b) C18H38 c) CH4 d) C9H20 4. C4H10 tarkibli alkan termik kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot hosil bo‘ladi. 73 5. C5H12 tarkibli alkan kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot hosil bo‘ladi. 19-§. UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI. TABIIY GAZ VA TOSHKO’MIR Tabiiy gaz tarkibida ko‘proq molekulyar massasi kichik bo‘lgan uglevodorodlar bo‘ladi. Uning taxminiy hajm jihatdan tarkibi quyidagicha: 80-98% metan, 2-20% uning eng yaqin gomologlari – etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar – vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug‘lari. Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo‘ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo‘ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo‘lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo‘shimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug‘lari va karbonat angidrid bo‘ladi. Neftning yo‘ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda erigan holda bo‘ladi. Yo‘ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo‘li bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxloridlar olish mumkin. Propan va butandan degidrogenlash yo‘li bilan to‘yinmagan uglevodorodlar – propilen, butilen va butadiyen olinadi, so‘ngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi. Download 457.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling