I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Mavzuga oid masalalarning yechimi


Download 457.5 Kb.
bet46/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Mavzuga oid masalalarning yechimi.
1. Metanol bug‘ining havo bilan aralashmasi qizdirilgan mis ustidan
o‘tkazildi. Olingan organik mahsulot Cu(OH)2 bilan reaksiyaga kirishganda
121,5 g sariq cho‘kma hosil bo‘ldi. Reaksiyada qatnashgan spirt
massasini (g) aniqlang ?
Masalaning yechimi:
Demak, masalaning yechimini topish uchun, avvalo, shartda keltirilgan
reaksiya tenglamasini yozib olamiz.
CH3OH + CuO HCHO + Cu + H2O
Olingan organik mahsulot metanal bo‘lib u Cu(OH)2 bilan reaksiyasidan
metan(chumoli)kislota hosil bo‘ladi.
0,75 = X 1,5 mol
1 mol 2 mol
H C
O
H
+ 2Cu(OH)2 H C
O
O H
1 1,5 + 2CuOH + H2O
2
= 0,75
0,75 = X 1 mol H C
O
H
+ 2Cu(OH)2 H 1 1,5 2
= 0,75
Bu reaksiyada sariq cho‘kma mis(I) gidroksid. Uning miqdorini topamiz.
121,5:81=1,5 mol. Bu miqdor orqali dastlabki spirt moliga o‘tib olishimiz
mumkin,bu 0,75 mol ekan. Bu 0,75 mol miqdor dastlabki metanolga ham tegishli
hisoblanadi.
1 mol
CH3OH HCHO
1 mol olinsa
CH3OH HCHO
0,75 mol = x 0,75 mol
.
Javob: 0,75 mol metanol
sarflanar ekan, uning massasi
(0,75∙32)=24 g
99
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. 2,3-dimetilbutanalning qaytarilishi natijasida hosil bo‘lgan spirtni
nomlang.
2. Formaldegid, sirka aldegid va butanal uchun taalluqli bo‘lgan xususiyatni
yozing.
3. Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi noma’lum aldegidning 6,6 g
massasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan 32,4 g kumush ajralib chiqdi. Aldegidni
aniqlang.
4. Etanol bug‘ining havo bilan aralashmasi qizdirilgan mis ustidan o‘tkazildi.
Olingan organik mahsulot Cu(OH)2 bilan reaksiyaga kirishganda 115,2 g qizil
cho‘kma hosil bo‘ldi. Reaksiyaga qatnashgan spirt massasini (g) aniqlang?
5. Noma’lum modda eritmasiga havorang mis(II)gidroksid qo‘shib qizdirilganda,
avval sariq rangli cho‘kma hosil bo‘lib, asta sekin qizil rangga o‘ta
boshladi. Noma’lum moddani qaysi sinf vakili ekanligini izohlang aniqlang?
6. 2,64 g alkanol natriy metali bilan ta’sirlashganda 336 ml (n.sh) vodorod
ajralishi shuningdek, uning mis(II)oksid bilan oksidlanishidan olingan mahsulot
kumush ko‘zgu reaksiyasini berishi ma’lum. Alkanolning tuzilishini
aniqlang
7. Aldegidlar qanday moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?
1) kaliy sulfat 2) kumush (I) oksidning ammiakdagi eritmasi
3) vodorod (katalizator; t˚) 4) mis(I)-gidroksid

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling