I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 457.5 Kb.
|
10-SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-§. KARBON KISLOTALAR. OLINISHI VA XOSSALARI
- Nomenklaturasi
- Izomeriyasi
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ketonlar qaysi guruh moddalari bilan izomer hisoblanadi? 2. Ketonlarning aldegidlarga o‘xshash va farqli belgilarini aytib bering. 3. C5H10O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni nomlang. 4. C4H8O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni nomlang. 5. C5H11OH tarkibli berilgan spirtlardan qaysilarini oksidlash orqali ketonlar olish mumkin . a)2-metilbutanol-1; b)3-metilbutanol-2; c)2-metilbutanol-2;d)2,2-dimetilpropanol- 1; e) 3-metil butanol-1; f)pentanol-3 102 6. C6H13OH tarkibli berilgan spirtlardan qaysilarini oksidlash orqali ketonlar olish mumkin. a)2-etilbutanol-3; b)3-etilbutanol-2; c)2,3-dimetilbutanol-2; d)2,2-dimetilpropanol- 1; e) 3-metilpentanol-1; f)pentanol-3 7. 36 g noma’lum ketonni spirt hosil bo‘lguncha qaytarish uchun 11,2 l (n.sh.) vodorod kerak bo‘lsa, noma’lum ketonni toping. 8. 30 g noma’lum ketonni spirt hosil bo‘lguncha qaytarish uchun 6,72 l (n.sh.) vodorod kerak bo‘lsa, noma’lum ketonni toping. 26-§. KARBON KISLOTALAR. OLINISHI VA XOSSALARI Molekulasida to‘yingan uglevodorod radikali bilan bog`langan bitta karboksil guruh ( C O O H ) tutgan organik moddalar bir asosli to‘yingan karbon kislotalar deyiladi. Ularni umumiy holda CnH2n+1 COOH formula bilan ifodalash mumkin: (chumoli kislota bundan mustasno). Nomenklaturasi : To‘yingan bir asosli kislotalarni nomlashda, ko‘pincha ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan olinganligini ko‘rsatadi. Masalan, ularning birinchi vakili H—COOH chumoli kislota deb ataladi, chunki dastlab chumolidan ajratib olingan. Xuddi shunga o‘xshash, valerian kislota – Valeriana o‘simligining ildizidan olingan. Sistematik nomenklaturaga ko‘ra, kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi: Formulasi Trivial nomeklatura Sistematik nomeklatura H COOH chumoli kislota metan kislota CH3 COOH sirka kislota etan kislota CH3 CH2 COOH propion kislota propan kislota 103 CH3 CH2 CH2 COOH moy kislota butan kislota CH3 CH2 CH2 CH2 COOH valerian kislota pentan kislota CH3 CH2 CH2 CH2 CH2 COOH kapron kislota geksan kislota CH3 (CH2)14 COOH palmitin kislota geksadekan kislota CH3 (CH2)16 COOH stearin kislota oktadekan kislota Tarmoqlangan zanjirli vakillarini nomlashda: avval eng uzun zanjir tanlanadi va karboksil guruh tomondan raqamlanadi. Bu holatda karboksil guruh birinchi deb hisoblanadi. Zanjir tarmoqlangan qismidagi radikallar joylashgan uglerod raqami, so‘ng radikali nomi aytiladi. Asosiy uglerod zanjiridagi uglerodlar soniga mos alkan nomi va kislota so‘zi qo‘shib aytiladi . Masalan: 4CH3 3CH2 2CH 1COOH CH3 2-metilbutan kislota Izomeriyasi- To‘yingan karbon kislotalar uglerod zanjirning tarmoqlanishidan hosil bo‘ladi: CH3 CH2 CH2 CH2 COOH pentan kislota CH3 CH2 CH CH3 COOH 2-metilbutan kislota CH3 CH CH3 CH2 COOH 3-metilbutan kislota CH3 C CH3 CH3 COOH 2,2-dimetilpropan kislota Download 457.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling