Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Umumiy formulasi C4H8O2 bo‘lgan karbon kislotaning struktur formulasini
yozing.
106
2. Quyida keltirilgan moddalar 1)sirka kislota; 2)propion kislota; 3)moy
kislota; 4)valerian kislota struktur tuzilishini yozing va ular tarkibidagi δ va π
bog‘lar sonini hisoblang.
3. Sirka kislotasining olinishida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullarning
reaksiya tenglamalarini daftaringizga yozing:
a) karbon kislotalar tuzlariga sulfat kislotasi bilan ta’sir etish;
b) bir atomli to‘yingan spirtlarni oksidlanishi;
c)murakkab efirlarning gidrolizi;
4.Keltirilgan reaksiyalarning chap tomonini to‘ldiring.
1) ... + ... CH3COONa + H2O
2) ... + ...
3)
4)
... + ...
... + ...
(CH3COO)2Ca + H2
(CH3COO)2Mg + H2O
HCOOC2H5 + H2O
5. 120 g 60% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi
(g) propion kislotasi kerak bo‘ladi.
6. 400 g 20% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi
(g) moy kislotasi kerak bo‘ladi.
7. 80 g 80% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi
(g) valerian kislotasi kerak bo‘ladi.
8. 90 g massadagi sirka kislotasiga, kaliy metali qo‘shilishi natijasida hosil
bo‘lgan tuzning massasini (g) hisoblang.
9. 29,6 g massadagi propion kislotasiga, natriy metali qo‘shilishi natijasida
hosil bo‘lgan tuzning massasini (g) hisoblang.
107
R O H R O R'
H O H R O R
Nomenklaturasi. Sistematik (xalqaro) nomenklatura bo‘yicha oddiy
efirlarning nomi katta radikalni to‘yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi
oldiga ikkinchi radikal (R O Alkoksigruppa) nomi qo‘shiladi.
Masalan:
CH3 O CH2 CH3
metoksietan
C2H5 O C4H9
etoksibutan
Oddiy efirlar asosan ratsional nomeklaturaga muvofiq, radikallar nomiga
efir so‘zi qo‘shib aytiladi. Masalan:
CH3 O CH3 C2H5 O C2H5
dimetil efiri dietil efiri
Dimetil efir Dietil efir
Izomeriyasi. Oddiy efirlarda radikallarni turini o‘zgarishiga ko‘ra izomeriya
kuzatiladi.
Masalan: metilpropil efir, metilizopropil efir, dimetil efir
Do'stlaringiz bilan baham: |