27-§. ODDIY EFIRLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
Umumiy formulasi R—O—R’ bo‘lgan organik birikmalarga oddiy efirlar
deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroksil guruhlarining vodorod atomi
o‘rniga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikkita vodorod atomi
o‘rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin.
108
Oddiy efirlar va bir atomli to‘yingan spirtlarning empirik formulasi bilan
bir xil, shuning uchun ularda sinflararo izomeriya kuzatiladi.
Masalan:
C2H5OH CH3 O CH3 C3H7OH CH3 O CH2 CH3
Olinish usullari. Dietil efir etil spirtini sulfat kislota ishirokida qizdirilishi
bilan olinadi.
2C2H5OH C2H5 O C2H5 + H2O
H2SO4
Sanoatda spirt bug‘larini yuqori haroratda katalizator ustidan o‘tkazib
olinadi. Masalan: dimetil efir olish uchun metil spirt bug‘i ustidan temperatura
ta’sirida Al2O3 o‘tkaziladi.
CH3OH + CH3OH CH3 O CH3 + H2O
Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o‘rta vakillari suyuqlik,
yuqori molekulalari qattiq moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan
barqaror moddalardir. Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta’sirida o‘zgarmaydi,
shuning uchun ko‘pgina kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ishlatiladi.
1. Oddiy efirlar konsentrlangan yodid kislota ta’sirida spirt va alkilgalogenidlarga
parchalanadi.
CH3 O CH3 + HI CH3 O H + CH3 I
Mavzuga oid masala va uning yechimi.
1. Tarkibida 16 ta sp3 gibridlangan orbital bo‘lgan oddiy efir tarkibidagi
uglerod atomlarini massa ulushini (%) aniqlang.
Masalaning yechimi:
Oddiy efirlar tarkibidagi barcha uglerod atomlari va kislorod atomi sp3
gibridlangani ma’lum. Har bir sp3 gibridlangan atom 4 orbitaldan tashkil topgan
bo‘lsa, 16 ta orbital nechta shunday atomdan hosil bo‘lishini aniqlaymiz.
109
1 ta sp3 atomda 4 ta orbital
x atomda 16 ta orbital x= 16 • 1
4
=4 ta atom
4 ta atomdan bittasi kislorod bo‘lsa, oddiy efir tarkibidagi uglerodlar
soni 3 ga teng. Demak, efirning formulasi: C3H8O. Endi uning tarkibidagi
uglerod atomlarini massa ulushini topamiz:
ω= 3 • 12
60
x 100 % = 60%
Do'stlaringiz bilan baham: |