I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet59/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Monosaxaridlar strukturasiga asoslanib glukoza bilan fruktozani qanday
reaktivlar bilan farqlash mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang.
2. Glukoza molekulasi tarkibidagi funksional guruhlarning mavjudligini
qanday reaksiyalar yordamida isbotlash mumkin?
3. Glukozaning ochiq halqali formulasi tarkibida gibridlangan orbitallar
yig‘indisini hisoblang.
4. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 72 ta sp2
gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid
massasini (g) aniqlang.
5. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 108 ta sp2
gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid
yonishidan hosil bo‘lgan CO2 ning hajmini (l n.sh.) aniqlang.
6. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan
moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 324 g cho‘kma
hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 1,5:1
bo‘lgan bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping.
7. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar
bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 392 g kislota hosil
boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 2:1 bo‘lgan
bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping.
8. 3 mol glukozaning spirtli bijg‘ishidan hosil bo‘ladigan etanol massasi (g)
va gaz hajmini (l n.sh.) aniqlang.
125
Bir molekula uglevod gidrolizidan 2 molekula monosaxarid hosil
bo‘ladigan moddalarga disaxaridlar deyiladi. Disaxaridlarga saxaroza
va maltoza kiradi. Disaxaridlarning hammasi С12Н22О11 umumiy formula
bilan ifodalanadi.
31-§. DISAXARIDLAR, POLISAXARIDLAR.
OLINISHI VA XOSSALARI
Disaxaridlar suyda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega. Ularning ko‘pchiligi
yaxshi kristallanadi va aniq molekulyar massaga ega. Tabiatda keng tarqalgan
saxaroza (qamish yoki lavlagi shakari), maltoza (solod shakari) disaxaridlarga
misol bo‘ladi.
Disaxaridlar gidrolizlanganda bir xil yoki ikki xil monosaxarid molekulasi
hosil bo‘lishi mumkin.
Saxaroza. Qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi. Saxaroza o‘simliklar
dunyosida juda ko‘p tarqalgan. Saxaroza eng zarur ozuqa bo‘lib, inson
hayotida katta ahamiyatga ega. Bu odatdagi keng qo‘llaniladigan shakardir.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling