Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Suyuq va qattiq yog‘lar tuzilishida qanday farq bor?
2. Yog‘lardan sovun olishda, qaysi modda(lar) ishtirokidagi gidrolizdan
foydalaniladi?
3. Suyuq sovunlar olishda organik kislotalar qaysi ishqor bilan neytrallanadi?
4. Noma’lum organik kislota va glitserin eterefikatsiyasi orqali olingan
yog‘ning molekulyar massasi 386 g/mol bo‘lsa, eterefikatsiyada qatnashgan
kislota molekulyar massasini toping.
5. 1209 g palmitin kislotaning glitserinli hosilasini ishqoriy muhitda parchalash
natijasida qanday massa (g) suyuq sovun hosil bo‘ladi ?
6. 604 g moy kislotaning glitserinli hosilasini gidrolizidan hosil bo‘lgan
karbon kislotani massasini (g) aniqlang.
7. 234 g propion kislotaning glitserinli hosilasini gidrolizidan hosil bo‘lgan
karbon kislotani massasini (g) aniqlang.
30-§. UGLEVODLAR. MONOSAXARIDLAR.
OLINISHI VA XOSSALARI
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan va inson hayotida muhim ahamiyatga
ega moddalardir. Ularning ayrim vakillari, masalan, kraxmal, glukoza, saxaroza
asosiy ozuqa moddalardan hisoblansa, boshqalari (kletchatka yoki selluloza)
o‘simliklarga chidamlilik va qattiqlik beruvchi modda hamda mato, qog‘oz
va turli xil tolalar olishda ishlatiladi.
„Uglevodlar“ degan nomning kelib chiqish sababi shundaki, ushbu
sinfning birinchi o‘rganilgan vakillarining umumiy formulasi Cn(H2O)m
ko‘rinishga mos kelgan, ya’ni ular xuddi, uglerod va suvdan tashkil topgan
degan ma’noni bildirgan. Ammo hozirda uglevodlarning ushbu formulaga
javob bermaydigan vakillari ham ma’lum.
118
Uglevodlar klassifikatsiyasi.
Uglevodlarni ularning tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va
polisaxaridlarga ajratish mumkin.
Gidrolizlanmaydigan, ya’ni oddiy uglevodlarga ajralmaydigan uglevodlar
monosaxaridlar deyiladi (glukoza, fruktoza, riboza). Bu moddalardan
ko‘pchiligining tarkibida uglerod atomlarining soni kislorod atomlarining soniga
teng. Ko‘p oddiy uglevodlar hosil qilish bilan gidrolizlanadigan uglevodlar
polisaxaridlar deyiladi (kraxmal, selluloza). Bu moddalardan ko‘pchiligining
tarkibida uglerod atomlarining soni kislorod atomlari soniga teng emas.
Gidrolizlanganda ikkita monosaxarid molekulasiga parchalanadigan uglevodlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |