I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 457.5 Kb.
|
10-SINF
Yog‘larning kimyoviy xossalari. Yog‘lar kundalik
iste’mol qilinadigan oziq ovqatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Yog‘lar parchalanganda, uglevod yoki oqsillarga nisbatan 2 barobar ko‘proq energiya ajralib chiqadi. Yog‘lar organizmda maxsus fermentlar yordamida parchalanadi. Ular o‘zlarining tarkibiy qismlari bo‘lgan glitserin va karbon kislotalariga parchalanadi va shu holda organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Yog‘larning bunday parchalanishi gidroliz reaksiyasiga misol bo‘ladi. Yog‘larning gidrolizidan sanoat miqyosida foydalaniladi. Maxsus avtoklavlarda, yuqori bosim va temperatura hosil qilinadi. Bu avtoklavlarda yog‘ glitserin va karbon kislotalarga parchalanadi. Qattiq yog‘ Suyuq yog‘ (moy) 116 H2C C C O O O C C C O O O R' R'' + 3HOH R''' HC C C OH OH + HO OH C O H R'' H2 H2 H2 HO C O R' HO C O R''' Yog‘larni ishqoriy muhitda parchalasak glitserin bilan birga sovun olish mumkin. Bunda odatdagidek, avval glitserin va karbon kislotalar hosil bo‘ladi. Aralashmada ishqor (masalan NaOH) ham bo‘ladi. Natijada kislotalar bu ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Aynan shu tuz ( karbon kislota va natriy hosil qilgan tuz) sovun deyiladi. Natriy ishqori asosida olingan sovunlar qattiq bo‘ladi. Natriyli tuzlardan atir sovun, kir sovun olinadi. Karbon kislotaning natriy bilan hosil qilgan tuzi hidsiz va deyarli rangsiz bo‘ladi. Sovunlardagi rang va yoqimli hid ularga bo‘yovchi va hid beruvchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi. H2C C C O O O C C C O O O R' R''+ 3NaOH R''' HC C C OH OH + R'' OH C O H ONa H2 H2 H2 R' C O ONa R''' C O ONa Agar yog‘larni gidrolizlashda natriy ishqori o‘rniga kaliy ishqori ishlatilsa, suyuq sovun hosil bo‘ladi. Sanoat miqyosida qattiq yog‘larga bo‘lgan talab yuqori. Shuning uchun avvaldan suyuq yog‘lardan qattiq yog‘ olish borasida izlanishlar olib borilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, suyuq yog‘lar tarkibida to‘yinmagan kislotalar bo‘ladi. Qattiq yog‘lar tarkibida bo‘lsa to‘yingan kislotalar mavjud. Agar suyuq yog‘ni vodorod yordamida gidrogenlasak, ya’ni ular tarkibidagi to‘yinmagan kislotalarni to‘yintirsak ular qattiq holga o‘tadi. 117 Download 457.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling