Mavzuga oid masalalar va ularning yechimi.
1. Agar kraxmalning taxminiy molekulyar massasi 32,4·103 ga teng
bo‘lsa, uning gidrolizidan necha mol glukoza hosil bo‘ladi?
Masalaning yechimi:
Ma’lumki, kraxmal molekulasi polimer sifatida gidrolizga uchraganda
hosil bo‘ladigan monomerlar soni uning polimerlanish darajasiga teng. O’z
navbatida, polimerlanish darajasini aniqlash uchun polimer massasini uni tashkil
qiluvchi struktur birlik massasiga bo‘lish kerak, ya’ni ularning miqdorini
aniqlash kerak.
(C6H10O5)n + (n-1)H2O H2SO4 , to
nC6H12O6
kraxmal glukoza
Kraxmalning struktur birligi C6H10O5 ning massasi 162 g/mol bo‘lsa,
berilgan massadan foydalanib n, ya’ni polimerlanish darajasini topsak bo‘ladi:
162 g/mol 1 ta struktur birlikning massasi
32,4·103 g ya’ni 32400 g x ta struktur birlikning massasi
Demak, shuncha massa kraxmaldan 200 ta glukoza hosil bo‘larkan. Javob:
200 mol
2. 2,5 mol maltozani gidrolizidan olingan glukozani spirtli bijg‘ishidan
qanday massada (g) etanol olish mumkin?
Masalaning yechimi:
Avval misolda berilgan reaksiyalar tenglamasini yozamiz:
129
C12H22O11 + H2O 2 C6H12O6
maltoza glukoza
C6H12O6 2 C2H5OH + 2 CO2
Ko‘rinib turibdiki, 1 mol maltoza gidrolizidan ikki barobar ko‘p miqdorda
glukoza, ya’ni 2 mol modda hosil bo‘ladi. Olingan miqdordagi glukozaning
spirtli bijg‘ishidan yana 2 barobar ko‘p miqdorda etil spirti mahsulot sifatida
olinadi. Demak, 1 mol maltozadan tegishli o‘zgarishlardan so‘ng 4 mol (yoki
4 mol × 46 g/mol = 184 g) etanol olish mumkin. Ushbu holatdan foydalanib
berilgan miqdordagi maltozadan qancha etanol olish mumkinligini hisoblaymiz:
1 mol maltozadan 184 gramm etanol olinadi
2,5 mol miqdoridan x gramm
x=
2,5 mol•184 g
1 mol =460 g
Javob: 460 g
Do'stlaringiz bilan baham: |