Fizik xossalari. Kraxmal – oq kukunsimon modda. Sovuq suvda erimaydi,
lekin issiq suvda bo‘kib kleyster hosil qiladi.
Kimyoviy xossalari. Kraxmal uchun sifat reaksiya bu unga yodning ta’siri
hisoblanadi. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo‘shilsa ko‘k rang paydo
bo‘ladi. Bu jarayonni oddiy tajriba yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Kartoshkaning
qirqilgan joyiga yoki bir bo‘lak nonga yod eritmasidan bir necha
tomchi tomizganimizda ko‘k rang hosil bo‘ladi.
Qo‘llanilishi. Kraxmal qimmatli oziq mahsulotdir. Uning hazm bo‘lishini
yengillashtirish uchun kraxmalli mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi,
ya’ni kartoshka pishiriladi, non yopiladi. Bu sharoitlarda kraxmal qisman
gidrolizlanadi va suvda eruvchan bo‘ladi.
Selluloza (C6Hl0O5)n . Seluloza ham tabiiy yuqori molekular polisaxarid
bo‘lib, barcha o‘simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini hosil
qiladi. Uning nomi «sellula» - hujayra ana shundan kelib chiqqan. Selluloza
paxta tolasining asosiy qismini tashkil qiladi. Qog‘oz va ip gazlamalar ham
sellulozadan qilingan buyumlar hisoblanadi. Yog‘och tarkibida ham ko‘p
miqdorda uchraydi.
Selluloza ham xuddi kraxmalga o‘xshab tabiiy yuqori polimerdir. Selluloza
va kraxmalning umumiy formulasi ham o‘xshash va tarkibi jihatidan ham glukoza
zvenolaridan iborat.
Bu polisaxaridlar bir-biridan glukoza qoldig‘ining har xil bog‘lanishi bilan
farq qiladi. Kraxmal inson uchun muhim ovqat manbai hisoblansa, sellulozadan
bu maqsadda foydalanib bo‘lmaydi.
Fizik xossalari. Selluloza – mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda, suvda
erimaydi, sellulozaning molekular massasi juda katta hisoblanadi.
Kraxmal Selluloza
128
Kimyoviy xossalari. 1. Selluloza „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini bermaydi.
(aldegid guruhsi yopiq). Selluloza kislotalarda eritilganda qisman gidrolizlanadi.
Bunda glukoza hosil bo‘ladi.
(C6H10O5)n + (n-1)H2O H2SO4 , to
nC6H12O6
selluloza glukoza
2. Selluloza ham yonadi. Bunda uglerod (IV) oksid va suv hosil bo‘ladi.
(C6H10O5)n + 6nO2 6nCO2 + 5nH2O
Do'stlaringiz bilan baham: |