I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet70/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Fizik va kimyoviy xossalari. α -aminokislotalar rangsiz kristall moddallar.
Ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi, aminokislotalar ko‘pincha shirin ta’mga ega,
lekin noxush ta’mli va achchiq ta’mli aminokislotalar ham bor.
Indikatorlar rangiga ta’siri. Monoaminomonokarbon va diaminodikarbon
aminokislotalar indikator rangini o‘zgartirmaydi. Diaminomonokarbon
aminokislotalar ishqoriy, monoaminodikarbon aminokislotalar kislotali tabiatga
ega va shunga qarab indikator rangiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tuzlarning hosil bo‘lishi. α-aminokislotalar bir vaqtning o‘zida asosli
aminogruppa va kislotali karboksil guruhlarga ega. Shu sababli ham asoslar,
ham kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi, ya›ni amfoter
xususiyatga ega bo‘lgan birikmalardir.
R CH COOH
NH2
R CH COONa
NH2
NaOH
HCl
R CH COOH
NH3
+
Cl
Ishlatilishi. Aminokislotalar organizm oqsilini hosil qilishda eng zarur
moddalardir. Bu moddalar inson va hayvonlar iste’mol qilayotgan ozuqasi
tarkibida bo‘ladi. Lekin aminokislotalarning o‘zini to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul
qilish ham mumkin. U juda holsizlangan bemorlarga beriladi, og‘ir operatsiyalardan
so‘ng bemorni ovqat oshqozon-ichak yo‘lidan o‘tkazmaydigan qilib
ovqatlantirishda foydalaniladi. Aminokislotalar ba`zi kasalliklarni davolovchi
vosita sifatida (masalan, glutamin kislota asab kasalligini, gistidin oshqozon
yarasi kasalligini davolashda) ishlatiladi.
Ba`zi aminokislotalar qishloq xo‘jaligida hayvonlarning o‘sishini normallashtirish
uchun ular ovqatiga qo‘shib beriladi.
142
Peptidlar va oqsil moddalar
Peptid deb, oqsillarning asosini tashkil etuvchi ikki yoki undan ortiq
aminokislotalarni polikondensatlanishidan hosil bo‘lgan moddalar deb
qarash mumkin. Ular ikki aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lsa
dipeptid, uchtadan – tripeptid va hokazo deyiladi.
Har qanday peptidlarni molekulalari uzun zanjiridan tashkil topib, ikki uchga
ega, birinchi uchi amino guruh – NH2 hisobiga azot bilan tugaydi, ikkinchi
uchi esa karboksil esa – COOH hisobiga uglerod bilan tugaydi.
Oqsillar α-aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekular
murakkab organik birikmalardir. Aminokislotalar soni 50 tagacha bo‘lgan
yuqori molekular birikmalar peptidlar (10 gacha bo‘lganlari oligopeptid, undan
yuqorilari polipeptid) 50 dan ortiqlarini shartli ravishda oqsillar deb atash
qabul qilingan.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling