I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Javob: CH2(NH2)COOH Mavzuga oid masala va mashqlar
Download 457.5 Kb.
|
10-SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-§. YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR
Javob: CH2(NH2)COOH
Mavzuga oid masala va mashqlar. 1.Neftning krekingi natijasida hosil bo‘ladigan moddalardan biri bo‘lmish etilendan qaysi aminokislotani olish mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang. 2. 2-aminopropion kislotasi NH2 CH2 CH2 C O OH va : a) kaliy ishqori(KOH); b) xlorid kislotasi (HCl) ortasida ketishi mumkin bo‘lgan reaksiyalarni yozing va tenglashtiring. 145 a) NH2 CH2 CH2 C O OH + KOH b) NH2 CH2 CH2 C O OH + HCl 3. Glitsin olinishida α–xlorsirka kislota kislotaning qo‘llanish reaksiyasini yozing va hosil bo‘lgan anorganik modda tarkibidagi azot atomi oksidlanish darajasini ko‘rsating. 4. Sistein va serin aminokislotalarini struktur tuzilishini chizing va ular tarkibidagi σ va π bo‘g‘lar sonini hisoblang. 5. Glutamin kislotasi nega monoamino dikarbon kislota hisoblanishini struktur formulasini chizib isbotlab bering. 6. 3-aminobutan kislotasini hosil qilish uchun qaysi to‘yinmagan karbon kislotasiga ammiak bilan ta’sir etish kerakligini reaksiya tenglamasini yozib ko‘rsating. 7. 26,7 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 5,4 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang. 8. 60 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 14.4 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang. 9. 31,15 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 6,3 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang. 35-§. YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR Yuqori molekular birikmalar (YMB) xossalari jihatidan past molekular birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol YMB molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi. 146 YMB ko‘pincha polimerlar (grekcha «poli» – ko‘p, «meros» – qism ma›nosiga ega) ham deb ataladi. Molekulalari o‘zaro kovalent bog‘lar orqali birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekular moddalar monomerlar deyiladi. Yuqori molekular birikmalar kelib chiqishi bo‘yicha 3 ga bo‘linadi: tabiiy, sintetik va suniy. Tabiiy YMB larga o‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. Sun’iy YMB tabiiy yuqori molekular birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi. Masalan, quyidagi reaksiyada: nCH2 CH2 ( CH2 CH2 )n Etilen(monomer) polietilen(polimer) Polimer molekulalani makromolekula ham deyiladi. Makromolekulada ko‘p marta takrorlanadigan atomlar guruhini elementar zveno deyiladi. Polimer molekulasidagi n qiymati monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko‘rsatadigan son bo‘lib, polimerlanish darajasi deyiladi. Polimerning molekular massasi (M) uning elementar zvenosining molekular massasi (m) bilan polimerlanish darajasi (n) ning ko‘paytmasiga teng, yani M =m*n YMB larning fizik va mexanikaviy xossalari ko‘p jihatdan ularning molekular massasiga va tabiatiga bog‘liq. Molekular massaning ortib borishi bilan quyi molekular moddalar uchun xarakterli bo‘lgan diffuziya, uchuvchanlik singari xossalar asta-sekin yo‘qolib, makromolekulalarning o‘ziga xos (bo‘kish, yuqori qovushqoqlik, qizdirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo‘ladi. 147 Download 457.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling