I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet75/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
10-SINF

Polivinilxlorid vinilxloridni polimerlash natijasida olinadi.
n CH2 CH
Cl
CH2 CH
Cl
n
U qattiq polimer bo‘lib, kristallana olmaydi. U alanga ta’sirida suyuqlanmaydi
va yonmaydi, balki parchalanadi. Polivinilxlorid oddiy sharoitda organik
erituvchilarda qiyin eriydi. Тurli agressiv moddalar ta’siriga chidamli bo‘lgani
uchun texnikada, asosan, har xil trubalar yasash, reaktorlarning ichki tomonini
qoplashda ishlatiladi. Undan turli loklar va kimyoviy tolalar ham olinadi. Hozir
qurilishda ishlatiladigan linoleum ham polivinilxlorid asosida olinadi.
Kauchuk tabiiy YMB sinfiga kiradi va uning monomeri izoprendir (2-metilbutadien-
1,3). Tabiiy kauchuk izoprenni polimerlanish mahsuloti ekanligi
aniqlandi:
149
CH2 C
CH3
CH CH2 + CH2 C
CH3
CH CH2 + ... H3C
C C
CH2
H
CH2 CH2
H3C CH2 + ... H3C
C C
CH2
H
CH2 CH2
C C
H3C H
CH2
H3C
C
CH2 ...
C
H
CH2 ...
n
Tabiiy kauchuk
(sis-1,4-poliizopren)
Sintetik kauchukning monomeri butadien-1,3 bo’lib, xalq xo‘jaligining birorta
tarmog‘i yo‘qki, kauchuk va uning vulkanlanish mahsuloti—rezina ishlatilmagan
bo‘lsin. Lekin o‘simlikdan olinadigan kauchuk xalq xo‘jaligining
kauchukka bo‘lgan talabini qondira olmaydi. Shu sababli, sintetik kauchuk olishning
sanoat usullarini topish zaruriyati tug‘ildi:
CH2 = CH - CH = CH2 → (-CH2 - CH = CH - CH2- )n
Hozirda butadiyen-1,3 etil spirtidan emas, balki butanni katalitik degidrogenlab
olinmoqda. Butadiyen kauchuk elastikligi va yedirilishiga chidamliligi
jihatidan tabiiy kauchukdan keyin turadi.
Eng muhim sintetik kauchuklar, ularning xossalari va ishlatilish
Nomi Dastlabki moddalar
(monomerlar)
Eng muhim xossasi
va qo‘llanishi
Butadiyen
kauchuk
CH2 CH CH CH2
butadiyen-1,3
Suv va gazlarni o‘tkazmaydi.
Elastiklik jihatidan tabiiy
kauchukdan keyinda turad Kabel,
poyabzal, turmush uchun zaruriy
buyumlar ishlab chiqarishda
ishlatiladi.
150
Divinil
kauchuk
CH2 CH CH CH2
butadiyen-1,3
Chidamliligi va elastikligi
jihatidan tabiiy kauchukdan
ustun. Shina ishlab chiqarishd.
ishlatiladi.
Izopren
kauchuk
CH2 C
CH3
CH CH2
2-metilbutadiyen–
1,3 (izopren)
Elastikligi va chidamliligi
jihatidan tabiiy kauchukka
o‘xshaydi. Shinalar ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi.
Xloropren
kauchuk
CH2 C
Cl
CH CH2
2-xlorbutadien-1,3
xloropren
Yuqori harorat ta’siriga chidamli,
benzin vamoyning yonishi ta’sir
etmaydi. O’zidan gaz o‘tkazmaydi.
Kabellar, benzin va neft o‘tkazish
uchun quvurlar tayyorlashda
ishlatiladi.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling