I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet79/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
10-SINF

Laboratoriya ishi № 5
2-tajriba. Yog‘larni sovunlash.
Chinni kosachaga 3 g yog‘, margarin yoki sariyog‘ soling va 20 % li natriy
gidroksid eritmasidan 7-8 ml quying. Reaksiyani tezlatish uchun 1-2 ml
etanol qo‘shing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib va dastlabki
hajmi kamayib ketmasligi uchun suv qo‘shib turgan holda 15-20 minut qaynating.
Reaksiya kirishmagan yog‘ qolmaganini bilish uchun issiq aralashmadan
ozginasini issiq suvli probirkaga oling. Agar sovundan so‘ng suv ustida yog‘
tomchilari paydo bo‘lmasa sovunlash jarayoni nihoyasiga yetgan bo‘ladi. Agar
yog‘ tomchilari yuzaga chiqsa, aralashmani qaynatishni davom ettiring.
Sovunlash reaksiyasi tugaganidan so‘ng hosil bo‘lgan massaga 0,5 g natriy
xlorid qo‘shing va yana 1-2 minut qaynating.
Mustaqil xulosalar uchun topshiriq.
1. O’tkazilgan tajriba natijasida suv yuzasiga qanday modda chiqdi?
2. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamasini yozing.
3. Yog‘larni sovunlash jarayoni qanday amaliy maqsadlarda foydalaniladi?
1-tajriba. Glukozaning Mis (II)-gidroksid bilan reaksiyasi.
Probirkaga 2-3 ml glukoza eritmasidan va shu miqdorda suyultirilgan Natriy
gidroksid eritmasidan soling (NaOH dan ortiqcha miqdorda olinishi kerak).
So‘ng bir necha tomchi Mis (II)-gidroksid eritmasidan qo‘shing. Probirkada
hosil bo‘lgan eritmani kuzating.
Laboratoriya ishi № 6
157
Mustaqil xulosalar uchun topshiriqlar.
1. Zangori rangli eritma nima? Ushbu tajriba nimani isbotlaydi?
2. Nima uchun probirkadagi eritma qizdirilganda avval sariq so‘ngra qizil
cho‘kma hosil bo‘ladi?
3. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
2-tajriba. Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan
reaksiyasi.
Probirkaga 4-5 ml suv soling, ozgina kraxmal qo‘shing va aralashmani
chayqating. Hosil bo‘lgan suspenziyani probirkadagi qaynab turgan suvga eritmani
doimo chayqatib turib oz-ozdan qo‘shing.
Hosil bo‘lgan kleysterni sovuq suv bilan suyultiring (1:20) va ikkita probirkaga
3-5 ml dan soling. Bitta probirkaga yodning spirtdagi eritmasidan ozroq,
ikkinchisiga esa kaliy yodid eritmasidan qo‘shing.

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling