Mustaqil xulosalar uchun topshiriq .
1. Glitserinning suvda eruvchanligi qanday?
2. Glitserin va boshqa ko‘p atomli spirtlar uchun qanday reaksiya xarakterli?
Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
155
Karbon kislotalarining olinishi va xossalari
1-tajriba. Sirka kislotaning olinishi.
Probirkaga 2-3 g natriy atsetat soling va 1,5-2 ml kontsentrlangan sulfat
kislota qo‘shing. Probirkaning og‘zini gaz o‘tkazgich nay o‘rnatilgan probka
bilan berkiting, naychaning ikkinchi uchini boshqa probirkaga tushiring. Aralashmani
yig‘gich probirkada 1,0-1,5 ml suyuqlik yig‘ilguncha qizdiring.
Mustaqil xulosalar uchun topshiriq.
1. Yig‘gich probirkada qanday modda hosil
bo‘ladi?
2. Qanday alomatlar buni tasdiqlaydi?
3. Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Laboratoriya ishi № 4
2-tajriba. Sirka kislotaning ba’zi metallar bilan reaksiyasi.
Ikkita probirka olib, ularning har qaysisiga 1 ml dan sirka kislota eritmasidan
soling. Probirkalarning biriga ozgina magniy qirindisidan, ikkinchisiga
esa bir necha dona ruh soling. Birinchi probirkada reaksiya shiddatli boradi,
ikkinchisida esa sekin boradi (ba’zan u faqat qizdirilganda boshlanadi).
Mustaqil xulosalar uchun topshiriq.
1. Sirka kislota magniy va rux bilan qanday qanday
reaksiyaga kirishadi?
2. Bu reaksiyalar tezliklarini solishtiring va reaksiyalarning
molekula, ionli va qisqartirilgan ionli tenglamalarini
yozing.
3-tajriba. Sirka kislotaning asoslar bilan reaksiyasi.
Probirkaga 1,0-1,5 ml natriy gidroksid eritmasidan soling. Ustiga bir necha
tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. Sirka kislota qo‘shilganda eritma
rangsizlanadi.
Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing va tenglashtiring.
156
1-tajriba. Dietil efir olish.
Gaz chiqarish nayi o‘rnatilgan probirkaga 2 ml etil spirti va ehtiyotlik bilan
2 ml kontsentrlangan sulfat kislota quying. Aralashmani qaynaguncha ehtiyotlik
bilan qizdiring va yengil hidlab ko‘ring, dietil efir hidini sezasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |