I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 457.5 Kb.
bet72/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
10-SINF

Oqsillarga sifat reaksiyasi. Oqsillarga sifat reaksiyalaridan
biri biuret reaksiyasi hisoblanadi. Biuret
reaksiyasi: ishqoriy muhitda mis (II) sulfatning eritmasi
binafsha rangga bo‘yaladi. Biuret reaksiyasi —CO—
NH— bog‘lar yoki peptid bog‘lar uchun xos reaksiyadir.
Masalan, dipeptid – ko‘k, tripeptid binafsha, yuqori
peptidlar esa qizil rang beradi.
Oqsillarning biologik ahamiyati. Oqsillar tirik organizmlarning asosiy
tarkibiy qismi bo‘lib, ular barcha о’simlik va hayvon hujayralarining protoplazmalari
va yadrolari tarkibiga kiradi. Hayot oqsillarning yashash usulidir!
Hayvon organizmi o‘zining oqsillarini olayotgan oziqlaridagi oqsillar aminokislotalari
hisobiga quradi.
Oziqda oqsil yetishmovchiligi yoki bo‘lmasligi og‘ir kasalliklarga olib keladi.
Oqsillarning oziq qiymati ulardagi aminokislota tarkibi, almashinmaydigan
aminokislotalari bilan belgilanadi. Hayvon organizmiga oqsillar o‘simlik
va boshqa hayvon oziqlari bilan birga kiradi. Oshqozon va ichak fermentlari
ta’sirida oqsillarning gidrolizi ro‘y beradi. Bunda hosil bo‘lgan aminokislotalar
ichak devorlari orqali qonga so‘riladi, qon esa ularni to‘qima va hujayralarga
yetkazadi. U yerda ulardan shu organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar sintezlanadi.
Oqsillardan organizmning hujayra va to‘qimalari tuzilmalari hosil
qilinadi.
144
Oqsil moddalarni o‘rganish tiriklik va hayotiy faoliyatni anglash, uni ongli
ravishda boshqarish imkoniyatini beradi.
Tibbiyot uchun oqsil preparatlari: gormonlar, zardoblar, qon о’rnini bosuvchi
moddalar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid masalalarning yechimi.
1. 37,5 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan
reaksiyasi natijasida 9 g suv hosil bo‘lsa, shu reaksiyaga kirishgan
aminokislotaning nomini aniqlang.
Masalaning yechimi:
Birinchi bo‘lib masala shartida berilgan reaksiya tenglamasini yo‘zib
olaylik.
R CH2(NH2)COOH + NaOH R CH2(NH2)COONa + H2O
Reaksiya tenglamasi asosida noma’lum aminokislotaning molekulyar
massasini hisoblash uchun proportsiya tenglamasini tashkil etaylik.
Endi esa aminokislotar orasidan molekulyar massasi 75 g teng bo‘lgan
moddani tanlaymiz. Bunday molekulyar massaga glitsin ega CH2(NH2)COOH

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling