Ishlatilishi. Anilin asosan bo‘yoq sanoatida ishlatiladi. Anilinga oksidlovchilar
ta’sir etganida, turli rangdagi moddalar hosil bo‘ladi, masalan, qora
anilin hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, anilin ko‘pchilik dori moddalarni sintez
qilish uchun dastlabki xomashyo hisoblanadi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ammiak va trimetilaminning struktur tuzilishini chizing va ular o‘rtasidagi
o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsating.
2. NH guruh saqlagan moddalar… deyiladi?
1) Birlamchi amin 2) Ikkilamchi amin 3) Uchlamchi amin
3. Reaksiyani tenglamasini tugating va tenglashtiring.
C5H11NH2 + O2 .............
4. Trifenil aminning molyar massasini (g/mol) toping va uning tarkibidagi
σ va π bog‘lar sonini hisoblang.
6. 1,2 mol anilinni to‘liq bromlash natijasida qanday massadagi (g) kislota
hosil bo‘ladi?
7. 46 g anilinni to‘liq bromlash uchun qanday massadagi (g) brom sarflanadi?
8. Quyidagi organik birikmalar a) metilamin; b)dimetilamin; c)trimetilaminlarning
struktur tuzilishini aks etiring, hamda ular orasida asoslik hossasi
eng kuchli bo‘lgan moddani ko‘rsating va sababini tushuntiring.
9. Umumiy formulasi C5H13N bo‘lgan moddalarni nomini yozing va ularning
struktur formulasini chizing.
11. Kimyoviy ko‘rxonada 41g nitrobenzol yordamida 18,6 g anilin olingan
bo‘lsa. Ushbu ko‘rxonadagi anilinning olishi reaksiyasining unumini hisoblang.
12. Kimyoviy ko‘rxonada 82 g nitrobenzol yordamida 60 g anilin olingan
bo‘lsa. Ushbu ko‘rxonadagi anilinning olishi reaksiyasining unumini hisoblang.
139
34-§. AMINOKISLOTLAR VA OQSILLAR.
OLINISHI VA XOSSALARI
Molekulasida amino – NH2 va karboksil – COOH guruhlari bor organik
birikmalarga aminokislotalar deyiladi. Aminokislotalarni organik
kislotalarning hosilalari deb, ya’ni kislotalar radikalidagi vodorod atomlarining
aminogruppaga almashinishining natijasi deb qarash mumkin.
Aminokislotalar quyidagi umumiy formulaga ega:
CnH2n(NH2)(COOH) R CH COOH
NH2
Aminokislotalar amino (–NH2) va karboksil (–COOH) guruhlarning soniga
qarab uchga bo‘linadi:
1) Tarkibida bitta amino va bitta karboksil guruh tutgan aminokislotalar
Do'stlaringiz bilan baham: |