I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 457.5 Kb.
|
10-SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- (qamish yoki lavlagi shakari)
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Monosaxaridlar strukturasiga asoslanib glukoza bilan fruktozani qanday reaktivlar bilan farqlash mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang. 2. Glukoza molekulasi tarkibidagi funksional guruhlarning mavjudligini qanday reaksiyalar yordamida isbotlash mumkin? 3. Glukozaning ochiq halqali formulasi tarkibida gibridlangan orbitallar yig‘indisini hisoblang. 4. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 72 ta sp2 gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid massasini (g) aniqlang. 5. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 108 ta sp2 gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid yonishidan hosil bo‘lgan CO2 ning hajmini (l n.sh.) aniqlang. 6. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 324 g cho‘kma hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 1,5:1 bo‘lgan bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping. 7. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 392 g kislota hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 2:1 bo‘lgan bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping. 8. 3 mol glukozaning spirtli bijg‘ishidan hosil bo‘ladigan etanol massasi (g) va gaz hajmini (l n.sh.) aniqlang. 125 Bir molekula uglevod gidrolizidan 2 molekula monosaxarid hosil bo‘ladigan moddalarga disaxaridlar deyiladi. Disaxaridlarga saxaroza va maltoza kiradi. Disaxaridlarning hammasi С12Н22О11 umumiy formula bilan ifodalanadi. 31-§. DISAXARIDLAR, POLISAXARIDLAR. OLINISHI VA XOSSALARI Disaxaridlar suyda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega. Ularning ko‘pchiligi yaxshi kristallanadi va aniq molekulyar massaga ega. Tabiatda keng tarqalgan saxaroza (qamish yoki lavlagi shakari), maltoza (solod shakari) disaxaridlarga misol bo‘ladi. Disaxaridlar gidrolizlanganda bir xil yoki ikki xil monosaxarid molekulasi hosil bo‘lishi mumkin. Saxaroza. Qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi. Saxaroza o‘simliklar dunyosida juda ko‘p tarqalgan. Saxaroza eng zarur ozuqa bo‘lib, inson hayotida katta ahamiyatga ega. Bu odatdagi keng qo‘llaniladigan shakardir. Download 457.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling