Fizik xossalari. Glukoza (uzum qandi) shirin ta’mli, rangsiz kristall modda,
suvda yaxshi eriydi.
Kimyoviy xossalari. Glukozaning tuzilishiga asoslanib, uni ko‘p atomli
spirt hamda aldegid sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
121
Aldegid sifatida monosaxaridlar oson oksidlanadi va ushbu sinfga xos “kumush
ko‘zgu” reaksiyasini beradi. Hosil bo‘lgan mahsulot glukon kislota deyiladi:
CH2OH (CHOH)4 CHO + Ag2O CH2OH (CHOH)4 COOH + 2Ag
Aldegid guruhini oksidlash uchun mis (II) gidroksid ham ishlatilishi mumkin:
CH2OH (CHOH)4 CHO + 2Cu(OH)2 CH2OH (CHOH)4 COOH + Cu2O + H2O
2 CH2OH (CHOH)4 COOH + Cu2O + H2O
Glukoza vodorod bilan ta’sirlashganda bunda aldegid guruhi qaytariladi
hamda spirt (sorbit – olti atomli spirt) hosil bo‘ladi:
CH2OH (CHOH)4 CHO + H2 CH2OH (CHOH)4 CH2OH
Glukoza ko‘p atomli spirt sifatida metallar gidroksidlari bilan ta’sirlashib
kompleks birikmalar hosil qiladi.
Monosaxaridlarning eng muhim kimyoviy xossalaridan biri ularning mikroorganizm
chiqaradigan fermentlar ta’sirida bijg‘ishidir.
Spirtli bijg‘ish:
C6H12O6 2CH3CH2OH + 2CO2
Qo‘llanishi. Glukoza qimmatli ozuqa mahsuloti. U a’zolarda murakkab
biokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, natijada fotosintez jarayonida yig‘ilgan
energiya ajralib chiqadi. Glukozaning oksidlanish jarayonini soddalashtirilgan
holda quyidagicha ifodalash mumkin:
C6H12O6 + 6O2→6CO2 + 6H2O + Q
Bu jarayon bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi, shuning uchun energiya sekin
ajraladi. Glukoza a’zolarda oson hazm bo‘lgani uchun, u tibbiyotda quvvat beruvchi
dori sifatida ishlatiladi. Glukoza qandolatchilikda ham keng qo‘llaniladi
(marmelad, konfet, pryaniklar va boshqalar tayyorlashadi).
122
Fruktoza
Fruktoza molekulasida spirtlarga xos bo‘lgan—OH va ketonlarga xos
bo‘lgan C O funksional guruhlar bor. Shuning uchun fruktoza ketonspirtdir.
H C
OH
H
C
H
OH
C C C C
O
OH
H
H
H
OH
H
OH
U shirin mevalar, qamish shakari (saxaroza) va asal tarkibida glukoza bilan
birgalikda uchraydi.
Fruktoza (meva qandi C6H12O6) – rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda yaxshi
eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |