Kimyoviy xossalari. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossalari turlicha
bo‘lib, asosan, ularning molekulasidagi nitrogruppaga bog‘liqdir.
1. Nitrobirikmalar qaytarilganda birlamchi aminlar hosil bo‘ladi.
CH3 NO2 + 3 H2 CH3 NH2 + 2 H2O
nitrometan metilamin
2. Aromatik aminlar, mos ravishdagi aromatik nitrobirikmalarni qaytarish
yo‘li bilan olinadi:
+ 3H2 + 2 H2O
nitrobenzol anilin
NO2 NH2
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyidagi moddani xalqaro namenklatura bo‘yicha nomlang.
CH3 CH(NO2) CH(CH3) CH3
2. Quyida keltirilgan moddalarning struktur formulasini chizing va ular
tarkibidagi uglerov atomlarining oksidlanish darajalarini hisoblang:
1)1-nitropropan 2)3-metil-2-nitrobutan
3)1-nitrobenzol
3. n-butandan qaysi usul bo‘yicha 2-nitrobutan olish mumkun, so‘zlaringizni
asoslash uchun reaksiya tenglamasini yozing.
4. Uchlamchi butilaminning oksidlanish reaksiyasini yozing.
5. Nitroetan, nitrometan va 1-nitrobutanlarga vodorod bilan ta’sir etirilsa
qanday moddalar hosil bo‘lishini reaksiya tenglamasi bilan daftaringizga yozing.
6. 21,7 g metilamin olish uchun qancha hajmdagi litr (n.sh.) vodorod gazi
kerak bo‘ladi.
7. 45 g etilamin olish uchun qancha hajmdagi litr (n.sh.) vodorod gazi kerak
bo‘ladi.
8. Nitrobenlozga 4 g vodorod ta’sir etish natijasida hosil bo‘lan organik
moddaning massasini hisoblang.
9. Nitrobenlozga 11,2 litr (n.sh.) vodorod ta’sir etish natijasida hosil bo‘lan
organik moddaning massasini (g) hisoblang.
134
Aminlarning tuzilishiga qarab, ular ammiakning hosilasi ekanligini ko‘rish
mumkin. Ammiak molekulasidagi bitta vodorod atomi radikalga o‘rin almashsa
– birlamchi, ikkita vodorod atomi ikkita radikalga o‘rin almashsa –
ikkilamchi, uchta vodorod atomi uchta radikalga o‘rin almashsa – uchlamchi
aminlarni hosil qiladi.
NH3
ammiak
R NH2
R
N
R
H
R
N
R
R
birlamchi
amin
ikkilamchi
amin
uchlamchi
amin
Do'stlaringiz bilan baham: |