I bob. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari


,5 mol maltoza va saxaroza aralashmasidan 720 g glukoza olingan


Download 457.5 Kb.
bet63/80
Sana20.12.2022
Hajmi457.5 Kb.
#1034862
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
Bog'liq
10-SINF

3. 2,5 mol maltoza va saxaroza aralashmasidan 720 g glukoza olingan
bo‘lsa, dastlabki moddalar qanday massa nisbatda olingan?
Masalaning yechimi:
Dastlab, berilgan moddalarning suv bilan ta’sirlanish reaksiyalarini yozamiz:
C12H22O11 + H2O 2 C6H12O6
maltoza glukoza
C12H22O11 + H2O H2SO4 C6H12O6 + C6H12O6
saxaroza glukoza fruktoza
Maltoza miqdorini x, saxarozanikini y ko‘rinishida ifodalasak, ulardan
hosil bo‘lgan glukoza mos ravishda 2x va y miqdorda bo‘ladi va ularning
yig‘indisi (720 g glukoza / 180 g/mol = 4) 4 molga tengdir. Endi bu noma’lumlardan
foydalanib tegishli tenglama tuzamiz:
x = 1,5; y = 1
130
Ma’lumki, maltoza hamda saxaroza bir-biriga izomer, ya’ni molekulyar
massalari bir xil bo‘lgan moddalardir. Bu degani ularning miqdor nisbati massa
nisbatiga teng bo‘ladi.
Javob: 1,5:1
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Laboratoriya sharoitida glukoza hamda saxaroza eritmalarini bir-biridan
farqlash uchun qanday reagentdan foydalansa bo‘ladi? Javobni tegishli reaksiyalar
bilan izohlang.
2. Kraxmaldan etanol olish mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang.
3. Agar kraxmalning taxminiy molekulyar massasi 81·102 ga teng bo‘lsa,
uning gidrolizidan qanday massada (g) glukoza olsa bo‘ladi?
4. Agar kraxmalning taxminiy molekulyar massasi 64,8·103 ga teng bo‘lsa,
uning yonishidan necha mol CO2 gaz hosil bo‘ladi?
5. 4 mol maltozani gidrolizidan olingan glukozani spirtli bijg‘ishidan qanday
massada (g) etanol olish mumkin?
6. 5 mol maltozani gidrolizidan olingan glukozani spirtli bijg‘ishidan hosil
bo‘lgan mahsulotning tarkibidagi sp3-gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.
7. 3 mol maltoza va saxaroza aralashmasidan 900 g glukoza olingan bo‘lsa,
dastlabki moddalar qanday massa nisbatda olingan?
8. 4,5 mol maltoza va saxaroza aralashmasidan 1260 g glukoza olingan
bo‘lsa, dastlabki moddalar qanday massa nisbatda olingan?
131

Download 457.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling