Mavzuga oid masalalarning yechimi.
1. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 90
ta sp2 gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan
monosaxarid massasini (g) aniqlang.
Masalaning yechimi:
Ushbu reaksiya uchun reagent sifatida chumoli aldegid olinadi, va uning
tarkibida 2 ta sp2 gibridlangan atom mavjud va ular umumiy 6 ta sp2 orbitallar
hosil qiladi. Misolda keltirilgan reaksiya tenglamasini yozamiz:
6H C
O
H
C6H12O6
Ca(OH)2
Unga asosan, 6 mol metanaldan 1 mol glukoza hosil bo‘ladi. 6 mol
metanal tarkibidagi sp2 gibridlangan orbitallar sonini topib (6 mol · 6 = 36 sp2),
proporsiya tuzamiz:
123
36 ta sp2 orbital saqlagan metanaldan 180 g glukoza olinadi
90 ta sp2 orbital saqlaganda x g glukoza
x=
90 •180 g
36 =450 g
Javob: 450 g glukoza
2. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan
moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 172,8 g
cho‘kma hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos
ravishda 1:2 bo‘lgan bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping.
Masalaning yechimi:
Ushbu reaksiyalar tenglamalarini yozamiz:
C12H22O11 + H2O 2C6H12O6
maltoza glyukoza
C12H22O11
saxaroza
+ H2O C6H12O6 + C6H12O6
glyukoza fruktoza
CH2OH (CHOH)4 CHO + Ag2O CH2OH (CHOH)4 COOH + 2Ag
“Kumush ko‘zgu” reaksiyasini faqat glukoza berishini inobatga olib,
aralashmadagi moddalar nisbatidan hosil bo‘ladigan cho‘kma miqdorini topamiz.
Umumiy 4 mol glukoza
1 mol maltozadan 2 mol glukoza
2 mol saxarozadan 2 mol glukoza {
4 mol glukozadan ikki barobar ko‘p cho‘kma, ya’ni 8 mol hosil bo‘ladi.
So‘ng cho‘kmaning massasidan miqdorini topamiz va keyingi proporsiyani
tuzamiz:
124
x=
172,8 g
108 g/mol =1,6 mol
3 mol disaxaridlardan 8 mol cho‘kma
x moldan 1,6 mol cho‘kma x= 1,6 mol • 3 mol
8 mol = 0,6 mol
Demak, 0,6 mol disaxaridlar aralashmasi bo‘lgan. Uning massasini toppish
uchun: m = 0,6 · 342 = 205,2 g Javob: 205,2 g
Do'stlaringiz bilan baham: |