I bob. O‘zbek
Download 118.47 Kb.
|
Qo’shma gaping turlari
Aytish lozimki, nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham «qo‘shma gap» terminidan (shu jumladan «bog‘langan» va «bog‘lovchisiz» atamalaridan) foydalanib kelinmoqda. Masalan rus tilida «slojnoye predlojeniye», ingliz tilida «complex sentence», nemis tilida «Satzreihe», fransuz tilida «phrase complexe» va h.k. Biroq hozirgi tilshunoslikda mazkur terminlarning qo‘llanish darajasi qandaydir ma’noda pasayib bormoqda. Buning asosiy boisi, bizningcha, ular masalaning tub mohiyatini to‘liq ochib bera olmayotganidadir. «Qo‘shma gap» termini bugungi kunda ko‘pchilik tilshunoslarni qoniqtirmayapti. Chunki «qo‘shma gap» tushunchasi til birliklarining iyerarxik (pog‘onali) munosabati prinsiplarining buzilishiga olib kelmoqda. M.V.Lyapon ta’biri bilan aytganda: «Agar qo‘shma gap (murakkab jumla) ikki yoki undan ortiq (kommunikativ salmoqli) tugal fikr anglatayotgan xabarlar birikuvini taqozo etar ekan,uning sathida matn ifodasining jiddiy belgilari kuzatiladi»12. M.N.Peterson nafaqat komponentlari teng bog‘lanishli, balki tarkibiy qismlari ergash bog‘lanishli qo‘shma gapning ham mavjudligini inkor etadi. Uning fikriga ko‘ra, qo‘shma gapga taalluqli sintaktik tadqiqotlarda teng va ergash bog‘lanishlar xususida emas, balki so‘z birikmalarining o‘zaro munosabati haqida mulohaza yuritish lozim13. Bu o‘rinda, albatta, so‘z birikmasi keng ma’noda tushuniladi va gapning ham so‘zlarning o‘zaro birikuvidan tashkil topishi nazarda tutiladi. O‘zbek tilshunosligida ham sintaktik muammolar talqiniga ta’siri kuchli bo‘lgan A.M.Peshkovskiyning «Russkiy sintaksis v nauchnom osveshenii» nomli asarining ham katta bir qismi bog‘langan, bog‘lovchisiz va ergash gapli qo‘shma gaplar tahliliga bag‘ishlanadi. Bu asarda rus tilshunosligida bog‘langan hamda 12. Ляпон М.В. Смысловая структура сложного предложения и текст.-М., 1986.-С.8. 13. O‘sha asar, 35-b. ergash gapli qo‘shma gaplarning lingvistik mohiyatini ochib berishga harakat qilinganini ko‘ramiz. A.M.Peshkovskiyning eng muhim xulosalaridan yana biri shunda ko‘rinadiki, u qo‘shma gap xususida so‘z yuritganida ohangni til unsuri hisoblanuvchi bog‘lovchi bilan hech qachon tenglashtirib bo‘lmasligini, ohang bunda yordamchi vosita ekanligini to‘g‘ri ta’kidlaydi14. A.M.Peshkovskiy qo‘shma gap tushunchasining ba’zi g‘aliz tomonlari borligini eslatadi va bu haqda quyidagilarni yozadi: «U bir necha gapni bir gap deb atagani uchun turli anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda»15. A.M.Peshkovskiy, garchi o‘z tadqiqotlarida qo‘shma gap tushunchasini asoslab berishga uringan bo‘lsa ham, aslida «qo‘shma gap» terminiga qarshi edi. Uning fikriga ko‘ra, til birliklari o‘z-o‘zi bilan qorishib yangi pog‘onani hosil qila olmaydi.Masalan, morfema tarkibiga ikkinchi morfema, so‘z tarkibiga ikkinchi so‘z sig‘maydi. Demak, gap tarkibiga ham ikkinchi gap sig‘maydi16. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning har biri qo‘shma gapning alohida turi sifatida o‘rganiladi va ularning ergash gapli qo‘shma gaplardan farqlanuvchi tomonlari ko‘rsatib beriladi. Jumladan, bog‘langan qo‘shma gaplarni ergash gapli qo‘shma gaplardan farqlovchi asosiy vosita teng bog‘lovchilar va yuklamalar ekanligi alohida qayd etiladi. Bu haqda «O‘zbek tili grammatikasi»ning akademnashrida quyidagilarni o‘qiymiz: «Bog‘langan qo‘shma gapni boshqa qo‘shma gap konstruksiyalaridan farqlab turuvchi asosiy grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarni bir-biriga bog‘lovchi teng bog‘lovchilar va yuklamalardir»17. Bog‘langan qo‘shma gap komponentlari shaklan mustaqil, mazmunan esa o‘zaro bog‘langan bo‘ladi va bunday bog‘lanish ularning strukturasida, kesimlarning mazmuniy va grammatik munosabatlarida, umumiy gap bo‘laklarining bo‘lishida kuzatiladi18. Mazkur asarda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar haqida quyidagilar aytiladi: «Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘langan yoki ergash gapli qo‘shma gaplarning 14. Пешковский А.М. Русский синтаксис в научном освещении.-М.,1956.-С.460-470. 15. O‘sha asar , 455-bet. 16. Пешковский А.М. Ўша асар,455-456 бетлар. 17. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. –Toshkent, 1976, 300-330-betlar. 5.O‘sha asar, o‘sha betlar. bog‘lovchisiz varianti emas, balki alohida qo‘shma gap tipidir. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari orasiga teng yoki tobe bog‘lovchisini kiritib bo‘lmaydi. Bunday bog‘lovchi biror o‘rinda kiritilsa ham, butun bir gap konstruksiyasi o‘zgaradi» Bizningcha, bu o‘rinda aytilgan so‘nggi fikrda qat‟iyat yo‘qdek ko‘rinadi. Birinchidan, bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari munosabatida biror bog‘lovchiga ehtiyoj sezilmaydi. Ikkinchidan, uning komponentlari munosabatlarini bog‘lovchi vositasida shakllantirish mumkin bo‘lsa, bu, so‘zsiz, sintaktik derivatsiyaning ta’siri imkoniyatlari doirasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi: Bahor keldi, gullar ochildi – Bahor keldi va gullar ochildi – Bahor kelgach, Download 118.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling