I bob. O‘zbek
I BOB. O‘ZBEK TILIDA QO‘SHMA GAP HAQIDAGI SINTAKTIK NAZARIYALAR
Download 118.47 Kb.
|
Qo’shma gaping turlari
I BOB. O‘ZBEK TILIDA QO‘SHMA GAP HAQIDAGI SINTAKTIK NAZARIYALARTilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davrigacha tilning ichki sistemasi muammolari atroflicha o‘rganildi. Bunday ulkan yutuqlarni umumiy tilshunoslik doirasida ham, xususiy tilshunosliklarda ham bemalol kuzatish mumkin. Bu davr ichida til birliklarining formal – struktur tahlili, semantik va funksional tahlillari bobida salmoqli ilmiy natijalarga erishildiki, bunday muvaffaqiyatlar barchamiznikidir. O‘zbek tilshunosligida ham til ilmining har bir sohasida fundamental tadqiqot ishlari bajarilganini ko‘ramiz. Bunda tilshunos olimlarimizdan F.Kamol, U.Tursunov, F.Abdullayev, A.G‘ulomov, A.Rustamov, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, X.Doniyorov, Sh.Rahmatullayev, A.Abduazizov, A.Nurmonov, H.Ne‟matov, N.Mahmudov va boshqalarning ulushlari samarali bo‘ldi. Biroq barcha fanlar singari tilshunoslik fani ham har doim taraqqiyotdadir. Shu bois tadqiqotlarimiz kun tartibiga yangi-yangi muammolar qo‘yilaverishi o‘ziga xos qonuniyatdir. Shunday bo‘lmas ekan, fanda o‘sish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi. Aytish lozimki, tilshunosligimizda hozirgi davrgacha «til va nutq» dixotomiyasining birinchi komponenti atroflicha o‘rganildi. Uning ikkinchi muchasi, ya’ni nutq bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar tadqiqi tilshunoslarimiz nazaridan chetda qolib keldi yoki mazkur masalaga yetarli e‟tibor berilmadi. Bunday muammolardan yana biri «qo‘shma gap» tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bizningcha, «qo‘shma gap» terminining qo‘llanilishi maqsadga nomuvofiqdir, zero, mazkur termin iste‟molda bo‘lar ekan, til birliklarining iyerarxik munosabatlarini taqozo etuvchi sistema qonuniyatiga putur yetkazilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, gap matn tarkibida funksional faollik ololadi, «qo‘shma gap» tushunchasi esa gap ikkinchi bir gapning ichida funksional faollik oladi, degan g‘aliz xulosaga kelishimiz uchun imkon yaratadi. Vaholanki gap, gap ichida emas, balki matn sathida funksional faollik oladi. Shu bois til birliklarining iyerarxik munosabati masalasiga jiddiy e‟tibor berish va bu haqdagi nazariyani qayta ko‘rib chiqish lozim ko‘rinadi. Shuni ham aytish lozimki, «qo‘shma gap» terminining qo‘llanilishi bilan bir qatorda, tilshunoslikda «murakkab butunlik» tushunchasidan ham foydalanilib kelinmoqda. Masalan, hozirgi rus tilshunosligida «slojnoye seloye» termini ham qo‘llaniladi. Bizningcha, mazkur terminning ishlatilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir, zotan, murakkab sintaktik butunlik tushunchasi matn mazmuniga birmuncha yaqinroqdir. Jahon tilshunosligida bugungi kunga qadar bog‘langan hamda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga qaraganda ergash gapli qo‘shma gaplar ancha mukammal o‘rganilganligini ko‘ramiz. Bunday holat o‘zbek tilshunosligida ham kuzatiladi. Shu bois tadqiqotimiz mavzusi sifatida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi tanlandi. Sintaktik derivatsiya nazariyasiga murojaat etishimizning asosiy sababi, mazkur nazariya til unsurlarining nutqqa ko‘chirilishi muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligidadir. Tilning nutqqa ko‘chirilishi, albatta, hozirgi tilshunosligimizning o‘ta dolzarb masalalaridan biridir, zotan, bu jarayon tilning barcha sathlari unsurlarining kesishish nuqtasini va ularga so‘zlovchi munosabatini taqozo etadi. Download 118.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling