I-BOB RANGLI METALLAR VA ULARNING QOTISHMALARI
1.1 . Alyuminiy qotishmalarini klassifikatsiyasi.
Sof mis-qizg‘ish rangdagi yumshoq, issiqlikni va elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadigan, yaxshi cho‘ziluvchan va egiluvchan metalldir. quruq havoda deyarli o‘zgarmaydi. Mis klarki 0,01, erish harorati – 1083 °С, qaynash harorati – 2360 °С, solishtirma og‘irligi 8,95.
Ishlab chiqarishda misning 40 %ga yaqini elektr simlar va kabellar tayyorlash uchun, qolgan qismi esa turli qotishmalar sifatida qo‘llaniladi (13-rasm). Bunday qotishmalarning asosiylari: bronza (Cu, Hb, Sn, Al), latun (Cu, Zn), melxior (Cu,Ni). Bundan tashqari mis dengiz kemalarining quyi qismini himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Mis 50ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari: xalkopirit, kuprit, bornit, kovelin, malaxit, kubanit va hokazo. Misning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005-yil ma’lumoti bo‘yicha 940 mln t, shu jumladan 140 mln. t. Chilida to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 14 mln. 916 ming t mis ma’dani qazib olinadi. Shundan 5 mln 320 t sini Chili ishlab chiqaradi. Mis ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi konlar bilan bog‘liq:
Magmatik konlar – Qozog‘istondagi Kounrad, O‘zbekistondagi
Qalmoqqir, Chilidagi Chukikamata konlari.
Cho‘kindi konlar – Qozog‘istondagi Jezqazg‘an, Rossiyadagi
Udokan konlari.
Likvatsion konlar – Rossiyadagi Norilsk, Talmax konlari.
Gidrotermal konlar – Ispaniyadagi Rio-Tento koni.
13-rasm. Misning ishlatilishi.
1-vakuum jihozlar va quvurlar, 2-latun (misQrux) olishda,
3-latun jihozlar yasashda, 4-qurol-aslaha yasashda,
5-bronza xaykalllar quyishda, 6-generotor simlari, 7-mashinasozlikda,
8-qurilishda, 9-oshxona priborlari, 10-xirurgiya anjomlari, 11-tangalar
yasashda, 12-samolyotsozlikda, 13-elektr simlari ishlashda,
14-mis kuporosi ishlashda.
Do'stlaringiz bilan baham: |